"Yandeks" o‘z smartfonini savdoga chiqardi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishPrezentatsiya "Yandeks.Telefona"
Prezentatsiya Yandeks.Telefona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yandeksofon 17,99 ming rubl narxda Rossiya savdo tarmoqlariga chiqariladi.

TOShKENT, 5 dek — Sputnik.  "Yandeks" kompaniyasi o‘z samrtfonlarni sotuvga chiqardi, deb xabar qilmoqda Ria Novosti.

Yangi smartfonda Yandeks tomonidan ishlab chiqilgan ovozli yordamchi “Alisa” dasturi apparat darajasida biriktirilgan bo‘lib u har qanday sharoitda telefon orqali yoki telefon bilan bog‘liq bo‘lgan barcha uskunalar orqali chaqirilishi mumkin.

Proxojie vo vremya snegopada - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda “Yandeks. Ob-havo” xizmati yog‘ingarchiliklar xaritasini ishga tushirdi

Yandeksofon Android 8.1 operatsion tizimi orqali ishlaydi. Telefon 8 yadroli Snapdragon 630 protsessori, 5,65 duymli 2160 ga 1080 pikselli ekran bilan jihozlangan. Shuningdek NFC va sifatli Qualcomm Aqstic audiochip bilan jihozlangan. Smartfonga 16 va 5 megapikselli ikki obyektivli kameralar o‘rnatilgan.

Yandeksofon Rossiyada 17,99 ming rublda "Beru", "Bilayna", "M.Video" va "Eldorado" savdo tarmoqlari orqali sotuvga chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, bu Yandeks tomonidan ishlab chiqilgan birinchi smartfondir. Bundan oldin Rossiyalik internet gigant “Yandeks Stansiya” nomli uskunani sotuvga chiqargan edi. Bu smart kolonka Apple HomePodga o‘xshash bo‘lib, u bilan rus tilida muloqot qilish mumkin. U musiqa kino internet brauzing va boshqa funksiyalarga ega. Televizar va musiqa apparaturaga turli uslublar bilan ulanishi mumkin.

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishStartovala prodaja umnoy kolonki "Yandeks.Stansiya"
Yandeks o‘z smartfonini savdoga chiqardi - Sputnik O‘zbekiston
Startovala prodaja umnoy kolonki "Yandeks.Stansiya"
Yangiliklar lentasi
0