O‘zbekistonda “Yandeks. Ob-havo” xizmati yog‘ingarchiliklar xaritasini ishga tushirdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishProxojie vo vremya snegopada
Proxojie vo vremya snegopada - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan avval respublikada “Yandeks. Maxalla” va “Yandeks. Taksi” xizmatlari ishga tushgandi.

TOShKENT, 30 noya – Sputnik. “Yandeks. Ob-havo” xizmati O‘zbekistonda yog‘ingarchiliklar xaritasini ko‘rsatishni boshladi.

Ofis kompanii Yandeks - Sputnik O‘zbekiston
Yandeks kompaniyasi Toshkentda yangi xizmatni ishga tushirdi

Xaritada qayerda yaqin vaqtda qor yoki yomg‘ir yog‘ishi boshlanishi mumkinligini ko‘rish mumkin. Shu bilan birga, o‘zbekistonliklar yomg‘ir shahar markazida yoki faqat chekka hududida bo‘lishini bilib olishlari mumkin.

Yog‘ingarchiliklar bashorati ikki soat oldin 10 daqiqa interval bilan taqdim etiladi: 10-20-30 daqiqada qayerda yog‘ingarchiliklar bo‘lishini ko‘rish mumkin.

Bundan tashqari, xizmatda foydalanuvchilarni “20 daqiqa ichida qor yog‘ishi boshlanadi” yoki “Yaqin soat ichida kuchli yomg‘ir tugamaydi” degan ogohlantirishlarni ham berish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida “Yandeks” kompaniyasi O‘zbekistonda yana bir xizmati - “Yandeks.Maxalla”ni ishga tushurgandi.

Yangiliklar lentasi
0