O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi faol rivojlanmoqda va ko‘plab yoshlar oziq-ovqat sohasida ishlash yoki o‘z biznesini ochish haqida o‘ylamoqda. Toshkent Agrar universiteti bitiruvchisi G‘iyosiddin Shokir o‘g‘li Abdiqohhorov “Rossiya Segodnya” axborot agentligining "Sotsialniy navigator" loyihasi muxbiriga o‘z rejalari haqida so‘zlab berdi.
‒ G‘iyosiddin, siz o‘z professional karyerangizni qanday qurmoqchisiz?
‒ Mening orzuim bor. Men xususiy kolbasa sexi ochimoqchiman. Men ushbu sohada ko‘p yillar ishlaganman: ishlab chiqarishning turli nozik tomonlarini tushunaman. Masalan, sifatni pasaytirmagan holda xarajatlarni kamaytirish yoki mahsulot sifatini qanday oshirish mumkinligini. Menga mahsulotlarning ta’mini o‘zgartirish jarayoni qiziq, shuning uchun ushbu kasbni tanlaganman.
Bugun men Janubiy-Ural davlat universitetining (YuUrGU) Sport, turizm va servis institutida aspiranturada “tovarshunoslik” mutaxassisligi bo‘yicha o‘qiyapman. Ushbu sohani o‘z karyeram uchun istiqbolli deb hisoblayman. Bugungi kunda O‘zbekistonda ko‘plab fermer korxonalari ochilmoqda. Shuning uchun ham aynan ushbu soha mutaxassislariga talab kuchli. O‘ylashimcha, ushbu ta’lim men uchun juda yaxshi istiqbollar ochadi. Kelajakda, balkim ushbu sohada o‘qituvchilik qilishim ham mumkin.
‒ Oliy ta’lim olish uchun o‘quv maskanini qanday tanladingiz ?
‒ O‘zbekistonda Rossiya oliy ta’limi nufuzlidir. Menimcha, yoshlar orasida ko‘pchillik Rossiyada oliy ta’lim olishni istaydi. Bu bitiruvchiga nafaqat muvaffaqiyatli mehnat karyerasi qurishga qo‘shimcha imkoniyatlar, balkim takrorlanmas tajriba ham beradi.
Men ilk bor Chelyabinskka 2012-yilda kelganman. O‘sha vaqtda Toshkent Agrar universitetining bakalavriati talabasi edim. O‘quv-ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun Chelyabinskdagi agroxoldinglardan biriga kelgan edik. O‘shanda menga ushbu shahar juda yoqib qolgan edi, shuning uchun ham o‘qishni shu yerda davom ettirishga qaror qildim. Men ungacha Yekaterinburg, Qozon, Ufa kabi shaharlarida ham bo‘lganman.
Dastlab Moskvadagi «MISiS» Milliy izlanishlar va texnologiyalar universitetiga ham kirmoqchi bo‘lgandim, lekin YuUrGUni tanlashimga bu yerda xorijiy talabalarning ko‘pligi sabab bo‘lgan. Undan tashqari YuUrGU Rossiyaning eng yirik universitetlari qatoriga kiradi va xorijda ham yaxshi tanilgan. YuUrGU aspiranturasiga kirishda men 3ta imtihon topshirganman: falsafa, ingliz tili va ixtisoslik bo‘yicha fan. Hozir men aspiranturaning birinchi kursida o‘qiyapman.
‒ Universitetdagi tanishlaringiz orasida O‘zbekistonlik boshqa talabar ham bormi?
‒ Ha, albatta, men ular bilan YuUrGU yotoqxonasida va turli tadbirlarda tanishganman. Ularning ko‘chilligi bilan do‘stlashib olganman. Undan tashqari Chelyabinskda mening ukam ham o‘qiydi. Shuningdek, o‘qish vaqtida men Xitoy, Eron, Iroq, Tojikistondan kelgan talabar bilan ham tanishdim.
Menga universitetdagi ko‘p tilli va do‘stona muhit yoqadi. Undan tashqari menga Rossiya ham yoqadi. Bu yerda men o‘zimni o‘z uyimdagidek his qilaman.
‒Rossiya OTMlariga kirmoqchi bo‘lgan boshqa talabalarga nimalarni maslahat bergan bo‘lardingiz?
‒ Men ularga rus tilini o‘rganishni va imtihonlarga oldindan tayyorlanishni boshlashni maslahat bergan bo‘lardim. Shuningdek, til sohiblari bilan gaplashishga, o‘z fikringizni boshqa tilda izohlashga – uyalmaslikni. Xato qilsangiz – hechqisi yo‘q, millat vakillari sizni to‘g‘rilab qo‘yishadi, hech kim kulmaydi.
Men ham dastlab til bilan bog‘liq muammolarga duch keldim. Lekin hozir mening rus tilini bilish darajam ancha yaxshi bo‘lgan. Men o‘z fikrimni erkin izohlashim mumkin. Xorijda o‘qishni istayotganlarga – o‘sha xorijiy mamlakat vakillari bilan ko‘proq muloqot qilishni maslahat bergan bo‘lardim.