Kamilov Jenevada Afg‘oniston masalasini muhokama qiladi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovMinistr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jenevada Abdulaziz Kamilov Afg‘onistonda o‘zaro kurashayotgan kuchlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tinchlik muzokarasiga chaqirish masalasini ko‘taradi.

TOShKENT, 26 noya – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri  Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2018-yil 28-noyabr kuni Jeneva shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etadi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Vid na Moskovskiy mejdunarodniy delovoy sentr Moskva-Siti - Sputnik O‘zbekiston
"Tolibon" Moskvada o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuv ishtirokchilari ro‘yxatini e’lon qildi

Shuningdek, tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi.

So‘nggi yillarda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish masalasi O‘zbekiston tashqi siyosatining faol yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Bunday bo‘lishiga qator ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy jiddiy sabablar mavjud. Toshkentda oxirgi yil davomida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga bag‘ishlangan bir necha xalqaro anjumanlar bo‘lib o‘tdi. Ulardan eng muhimlaridan biri - noyabr oyida Afg‘oniston tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Afg‘oniston, Pokiston va O‘zbekiston ishtirokida uch tomonlama komissiyaning tuzilishi bo‘ldi. Xalqaro ekspertlar fikriga ko‘ra ushbu komissiya Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishda muhim rol o‘ynashi kerak.

Yangiliklar lentasi
0