Sport

Karpov: shaxmat Rossiyaga Oʻzbekistondan kirib kelgan boʻlishi mumkin

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka oʻtishEks-chempion mira po shaxmatam Anatoliy Karpov
Eks-chempion mira po shaxmatam Anatoliy Karpov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiyalik grossmeyster Anatoliy Karpov sobiq FIDE prezidenti Kirsan Ilyumjinovning "Oʻzbekiston - shaxmat vatani" deb tan olinishi kerak degan fikriga izoh berdi.

TOSHKENT, 5 dek – Sputnik. Rossiyalik grossmeyster Anatoliy Karpov Rossiyaga shaxmat qayerdan kelgan boʻlishi mumkinligi haqida Sputnik muxbiriga oʻz fikrini bildirdi.

“Oʻzbekiston shaxmat vatani emas, ammo sobiq Qoʻqon xonligi hududida qadimgi shaxmatni topishgan. Topilma shaxmat Rossiyaga Yevropadan emas, balki Oʻzbekistondan kelgan deb taxmin qilish asosini bergan”, - dedi Karpov.

Molodejnaya sbornaya Uzbekistana po shaxmatam stala chempionom - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Oʻzbekiston oʻsmirlar jamoasi ilk bor Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempioni boʻldi

Mamlakatning ushbu sport turida erishgan yutuqlariga qaramay, Oʻzbekiston shaxmat oʻylab topilgan mamlakat roliga daʼvogar boʻla olmaydi, deb taʼkidladi Anatoliy Karpov.

Ekspert fikriga koʻra, 90 yillarda Oʻrta Osiyo mintaqasi boʻyicha qozoqlar va qirgʻizlar yetakchilik qilishgan boʻlsa, bugungi kunda Oʻzbekiston ulkan muvaffaqiyatlarga erishib, hurmatli shaxmat davlatlari qatoriga kirgan.

Yangiliklar lentasi
0