Britaniya Rossiyadagi vaziyatni izdan chiqarishga intilmaydi - Mi-6 rahbari bayonoti

Obuna bo‘lish
Yanger talabalar bilan suhbat davomida Rossiya Birlashgan Qirollik hududida "kimoviy moddani qo‘llagani"ni ta’kidlab, britaniya maxsus xizmati RF "bu kabi harakatlarga olib keladigan foyda, tavakkal qilishga arzimaydi", degan xulosaga kelishiga intilayotganini qo‘shimcha qildi

TOShKENT, 3 dek - Sputnik, Mariya Tabak. Buyuk Britaniya Rossiyadagi vaziyatni izdan chiqarishga urinmaydi, deb bayonot qildi dushanba kuni Britaniya tashqi razvedka xizmati - Mi-6 rahbari Aleks Yanger. RIA Novosti xabariga asosan.

Britanskie politseyskie vedut rassledovanie na meste otravleniya Sergeya i Yulii Skripaley, Solsberi, 13-marta 2018 goda - Sputnik O‘zbekiston
Britaniya Rossiyaga yangi sanksiyalar bilan dag‘dag‘a qilmoqda

"Men shuni ta’kidlab o‘tishim joizki, Rossiya davlati bizni notinchlantirishga urinsa ham, biz Rossiyani notinchlantirishga urinmaymiz. Biz eskalatsiyaga intilmaymiz", — deya ishontirgan u Sent-Endrus universitetida katta nutq bilan chiqishi vaqtida.

Yanger talabalar bilan suhbat davomida Rossiya Birlashgan Qirollik hududida "kimoviy moddani qo‘llagani"ni ta’kidlab, britaniya maxsus xizmati RF "bu kabi harakatlarga olib keladigan foyda, tavakkal qilishga arzimaydi", degan xulosaga kelishiga intilayotganini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil to‘rtinchi mart kuni Britaniyaning Solsberi shahrida Bosh razvedka boshqarmasi sobiq ofitseri Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlanishgan va bu katta xalqaro mojaroni keltirib chiqargan edi. Rasmiy London yuz bergan hodisada Rossiyaning qo‘li borligi haqida e’lon qilgandi, Moskva esa bu ayblovlarni qat’iy inkor etib kelmoqda.

Yanger o‘z chiqishi davomida boshqa mavzularni ham tilga oldi, xususan xususan, Brexitga qaramay, britaniya maxsus xizmatlari yevropalik hamkasblar bilan yaqindan hamkorlik qilishda davom etishadi. Mi-6 rahbari, shuningdek, razvedka xizmati xodimlari ID tomonidan chet elda tashkillashtirilayotgan qator teraktlarning oldini olishga muvaffaq bo‘lganlari haqida axborot bergan.

Yangiliklar lentasi
0