Britaniya Rossiyaga yangi sanksiyalar bilan dag‘dag‘a qilmoqda

© AP Photo / Matt DunhamBritanskie politseyskie vedut rassledovanie na meste otravleniya Sergeya i Yulii Skripaley, Solsberi, 13-marta 2018 goda
Britanskie politseyskie vedut rassledovanie na meste otravleniya Sergeya i Yulii Skripaley, Solsberi, 13-marta 2018 goda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Britaniya Rossiyani Skripallarni zaharlaganlikda ayblamoqda. Rossiya bu ayblovlarni inkor etib, Londonni manipulyatsiyadan hamkorlikka o‘tishga chaqirmoqda

TOShKENT, 7 sen - Sputnik. London Razvedka bosh boshqarmasi sobiq agenti Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaning Solsberida zaharlanishi yuzasidan paydo bo‘lgan yangi ma’lumotlar tufayli Moskvaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Rossiyskiy flag - Sputnik O‘zbekiston
Skripal ishi bo‘yicha O‘zbekiston Rossiya bayonotini qo‘llab-quvvatladi

Bu haqda BMTdagi Britaniyaning doimiy vakili Karen Pirs bayonot qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

"Biz hamkasblarimiz bilan qanday qaror chiqarsa maqbulroq bo‘lishini muhokama qilamiz", - degan Pirs.

Siyosatchi shuningdek, Solsberidagi hodisadan keyin Britaniyadan tashqari 28 mamlakat va NATO rossiya diplomatlarini chiqarib yuborganini qo‘shimcha qildi.

Shu bilan birga "Katta yettilik"ning qator mamlakatlari, xususan, Fransiya, Germaniya, AQSh va Kanada Britaniyaning "Skripal ishi yuzasidan" chiqarayotgan xulosalariga to‘liq ishonishlari to‘g‘risida qo‘shma bayonot qilganlar va bu hujjat nemis hukumati tomonidan ommaga e’lon qilingan.

Ya’ni bu davlatlar Skripallarni zaharlaganlikda gumon qilinayotganlar Bosh razvedka boshqarmasi xodimlari ekanliklariga ishonishlarini bildirishgan.

Bu mamlakatlarga ko‘ra, ular "maxfiy razvedka agentlarini kollektiv chiqarib yuborishgan" va bu bilan razvedkachilar faoliyatining oldini olgan. Bundan tashqari, hujjatda rossiyaliklarni zaharlash operatsiyasi "katta ehtimol bilan yuqori hukumat darajasida sanksiyalangan"ligi ta’kidlab o‘tilgan.

"Yolg‘on kokteyli"

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya o‘z navbatida Moskva Xavsizlik Kengashi majlisida Skripallar bilan bog‘liq chalkash hodisaga oydinlik kiritadigan dalillarni eshitmaganligini ma’lum qildi.

Gorod Solsberi v Velikobritanii, gde bili otravleni S. Skripal i yego doch - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov portlatgan bomba Britaniya hukumatini vayron qilmoqda

"Bugungi chiqishlarda biz yana rossiyalik maxsus xizmat agentlarining qotilliklarini qonuniy asoslash uchun tayyorlangan qotil-agentlar, ularning kimoviy zaharlovchi moddalardan foydalanish bo‘yicha o‘tkazadigan mashg‘ulotlari, Rossiyada jangovar zaharlovchi moddalar ishlab chiqarilayotgani, kiberhujumlar, Makedoniyada davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinish va yana boshqa ko‘plab yolg‘onlar guldastasini tingladik. Men isboti yo‘q bu yolg‘on kokteylining to‘liq ro‘yxatini sanab o‘tirmayman", - deb aytgan diplomat.

Shu bilan birga, Nebenzya surishtiruv ishlarini oxiriga yetkazish Londonning rejasida yo‘qligini ta’kidladi.

Doimiy vakil Xavfsizlik kengashidagi hamkasblariga "Rossiyada tutqich bermas Djo haqidagi mutoyiba juda ommalashganini" tushuntirdi.

"Uning qo‘lga tushmasligi siri, uni ushlashning iloji yo‘qligida emas, balki u hech kimga kerak emasligi va hech kim uni izlashni xohlamasligida. Mening nazdimda, shunga aniq aminmanki, bizga mana shunday, Moskvadan kelgan buyruq bo‘yicha harakat qilgan ikki nafar "tutqich bermas Djolarni" taqdim etishgan", - dedi Nebenzya.

MID RF - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Skripal ishi bo‘yicha KQTTga o‘n uchta savol yo‘lladi

Diplomat BMT Xavfsizlik kengashidagi navbatdagi spektakl akti xuddi ilgarigilari kabi o‘ylab topilgan va asossizligini qayd etdi.

"Bizning britaniyalik hamkasblar juda qulay pozitsiyani egallashgan: ayblov e’lon qilindi, aybdorlar - Rossiya ekanligi aytildi. Ayblanuvchilarning haqiqiy ismlari noma’lum. Lekin ularning GRU xodimlari ekanligi go‘yoki ma’lum. Ularning GRU xodimi ekanligini ism-sharifi noma’lum bir vaqtda qanday qilib aniqlash mumkin - biz uchun katta jumboq", - dedi rossiyalik diplomat.

Skripal ishining Suriyadagi holat bilan bog‘liqligi

Bundan tashqari, Nebenzya britaniya hukumatining bayonoti Suriyada tayyorlanayotgan kimoviy qurol ishtirokidagi provokatsiyadan oldin ro‘y bergani tasodif emasligini aytib o‘tdi.

Natsionalniy flag Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy "Skripal ishi" tufayli sovuq urush fikrlaridan voz kechishga chaqirdi

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Skripallar bilan bog‘liq hodisadan Suriyaning Duma shahrida kimoviy quroldan foydalanilgan inssenirovkadan bir kun avval OZXO a’zosi bo‘lgan Rossiyaning obro‘yiga putur yetkazish maqsadida foydalanilgan.

"Biz bugun o‘xshash kartinani kuzatmoqdamiz. (Buyuk Britaniya bosh vaziri, - tahr.) Tereza Meyning 5-sentabrdagi chiqishi yangi siyosiy mavsum, ta’bir joiz bo‘lsa keng muhokamada bo‘lgan Idlibdagi vaziyat va u yerda "Oq kaskalar" bilan hamkorlikda tayyorlanayotgan, biz bu haqda ko‘p bora ogohlantirgan kimoviy provokatsiya oldidan ro‘y berdi", — deb qo‘shimcha qildi diplomat.

"Londonga hamkorlik qilishga to‘g‘ri keladi"

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili, Buyuk Britaniya buni xohlaydimi-yo‘qmi, ammo Skripal ishi bo‘yicha surishtiruv o‘tkazishda Rossiya bilan hamkorlik qilishiga to‘g‘ri kelishini alohida qayd etib o‘tdi.

"Bizning britaniyalik hamkasbimiz, biz parallel olamda yashayotganligimiz haqida gapirgan edi. Ehtimol, kimdir biz boshqa sayyorada yashashimizni xohlardi ham, lekin mustamlaka qilingan sayyoralar hali yo‘q. Shu bois, bitta sayyorada yashashimizga to‘g‘ri keladi. Mana shu sayyorada siz buni xohlaysizmi-yo‘qmi, biz hamkorlik qilishimizga to‘g‘ri keladi. Va biz sizning oldingizga qo‘ygan, soni 40dan oshgan savollarga javob berishga ham", - deb ta’kidladi Nebenzya.

Diplomat savollarning aksariyat qismiga javoblar hamon yo‘qligini eslatib o‘tdi. 

Britaniyadagi zaharlash

Joriy yilning to‘rtinchi mart sanasida Britaniyaning Solsberi shahrida GRU sobiq ofitseri Sergey skripal va uning qizi Yuliya zaharlandi. Bu katta xalqaro mojaroni keltirib chiqardi. London bu ishda Rossiyaning qo‘li borligi haqida bayonotlar bilan chiqdi, Moskva bu ayblovlarni qat’iy inkor qilib kelmoqda.

Perviy zamestitel predsedatelya komiteta Soveta Federatsii RF po mejdunarodnim delam Vladimir Djabarov - Sputnik O‘zbekiston
Jabarov: "Skripal ishi" mojarosi Meyning karyerasiga nuqta qo‘yishi mumkin

Rossiya bir necha bor hamkorlikda hodisa yuzasidan surishtiruv o‘tkazishni taklif qilgan, ammo London bu tashabbuslarni javobsiz qoldirgan va Skripallarni Moskva tomonga ko‘rsatmagan.

Rossiya TIV shuningdek, Britaniya bosh vaziri tereza Meyning yolg‘onlarini fosh etdi. Mey zahar Rossiyada tayyorlanganini aytgan edi. Ammo Porton-Daun laboratoriyasida buni inkor etishdi.

Sal keyin London "Skripallarni zaharlashda gumonlanayotgan" ikki shaxsning fotosuratlarini ommaga e’lon qildi va ular GRU ofitserlari — Aleksandr Petrov va Ruslan Boshirovlar ekanligini ta’kidladi. Moskvada ushbu ismlar "hech narsa anglatmasligini" aytishdi va Britaniyani yana bir bor manipulyatsiyalardan hamkorlikka o‘tishga chaqirishdi.

Yangiliklar lentasi
0