Achchiq qalampirdan “achchiq saboq”

© Sputnik / Mediabankka o‘tishProizvodstvo adjiki v Abxazii
Proizvodstvo adjiki v Abxazii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Marketologlar qalampirni “paxtadan ham ko‘proq daromad keltirishi mumkin” deyishgan edi...

TOShKENT, 3 dek - Sputnik. Chili nomli qalampirga dunyoning ko‘plab mamlakatlarida doimiy talab bor. Undan oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida keng fodalaniladi, deb yozadi “Xalq So‘zi”  nashri mualliflaridan biri Rinat Abdulmanov.

O‘zbekistonda ham ushbu o‘simlikni ba’zan “yangi o‘zbek paxtasi” deb atay boshlashdi, chunki marketologlar uni “paxtadan ham ko‘proq daromad keltirishi mumkin” deyishgan edi. Dunyo bozorida chili qalampirining narxi bir tonnasiga 8600 dollarni tashkil qilar edi.

Peres krasniy ostriy - Sputnik O‘zbekiston
Qoraqalpog‘istonda paxta o‘rniga qizil qalampir ekiladi

Ushbu faoliyatni samarali tashkil qilish maqsadida, hatto  “Shiliuz” MChJ va uning hududiy bo‘linmalari ham tashkil qilingan edi. Ular mahsulotini yetishtirish uni eksport qilinishini ta’minlashlari kerak edi.

“Rejaga ko‘ra, yetishtirilgan mahsulot Janubiy Osiyo va Yevropa mamlakatlariga eksport qilinishi kera edi. Lekin ushbu hudud mamlakatlariga qalampir olib kirish vaqtincha ta’qiqlangan ekan. Natijada tayyor mahsulotga eksporterlar tomonidan talab miqdori keskin kamayib ketdi”, - deydi  Shiliuz vakili Maksud Karaboyev.

“Fermerlar yetishtirilgan mahsulotni ho‘l ko‘rinishda sotishni rejalashtirishgan edi. Chunki shunday holda qalampirning nafaqat ko‘rinishi chiroyli, balkim uning vazni ham bir necha baravar og‘ir bo‘ladi. Bu tijorat nuqtayi nazaridan ham daromadliroq bo‘lardi. Lekin mahsulot pishib yetilgan vaqtda xaridor topilmadi. Ketgan xarajatlarni qisman bo‘lsada qaytarish uchun dehqonlar qalampirni quritib sotishga majbur bo‘lishdi. Noyabr o‘rtalarida eksportchi kompaniyalar 142 tonna quritilgan qalampir sotib olishdi. Mahsulot xo‘l ko‘rinishda sotilganda uning vazni 5 baravar og‘ir bo‘lardi”, - deydi Jomboy tuman qishloq xo‘jaligi  bo‘limi  boshlig‘i Botir Nazarov.

Indianka smotrit na ekran svoyego mobilnogo telefona vo vremya sbora urojaya krasnogo persa v Gandinagare, Indiya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Turkiya va Xitoyga qalampir eksport qiladi

Ayni damda yetishtirilgan mahsulotlani Qashqadaryoning “Bek agro” MChJ korxonasi  sotib olmoqda. Yil boshida qalampir plantatsiyalarini yaratish uchun Jomboy tumaniga 7 milliard so‘m kredit mablag‘lari yuborilgan edi. Ularni foiz to‘lovlari bilan banklarga qaytarish – fermerlarning  qo‘lidan kelmasa kerak. Kelajakda  ularni ushbu mahsulotni yetishtirishga ko‘ndirish qiyin bo‘ladi.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, eksportchi kompaniyalar fermerlarga bo‘lajak hosil uchun moliyaviy kafotlatlar berishlari kerak. Shuningdek tayyor mahsulotni qayta ishlaydigan va shok uslubida muzlatadigan va vakuumli upakovka qiladigan uskunalar kerak bo‘ladi. Ushbu choralar bozor injiqliklariga qaramasdan mahsulotni xaridorlarga istalgan vaqtda maksimal darajada “svejiy” ko‘rinishda yetkazib berish imkonini yaratadi.

Ma’lumki O‘zbekistonda bugungi kunda bunday tizimlar mavjud emas. Natijada fermerlar achchiq qalampirdan kutilgan yuqori daromadni emas “achchiq saboq ” olishdi.

Yangiliklar lentasi
0