AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga keladi

© Sputnik Gosudarstvenniy departament SShA
 Gosudarstvenniy departament SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh maxsus vakili Pokiston, Afg‘oniston, Rossiya, Turkmaniston, Belgiya, BAA, Qatar va O‘zbekistonga tashrif buyurib, Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilishni rejalashtirgan.

TOShKENT, 3 dek – Sputnik. AQShning Afg‘onistonda milliy yarashuv jarayoni bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzad 2-20 dekabr kunlari bir necha davlatlarga, jumladan, O‘zbekistonga ham tashrif buyuradi, deb xabar qilmoqda AQSh davlat departamenti.

“Afg‘onistonda milliy yarashuv jarayoni bo‘yicha maxsus vakili elchi Zalmay Xalilzad Pokiston, Afg‘oniston, Rossiya, O‘zbekiston, Turkmaniston, Belgiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Qatarga idoralararo delegatsiya bilan 2-20 dekabr kunlari tashrif buyuradi”, - deyilgan xabarda.

Toshkentga tashrifning aniq sanasi aytilmagan, ammo Xalilzad safar davomida Afg‘oniston hukumati vakillari va boshqa manfaatdor tomonlar bilan Afg‘onistondagi tinchlik jarayonini yo‘lga qo‘yish va qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilish uchun uchrashadi.

Lyudi na odnoy iz ulis v Kabule - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston hukumati tinchlik muzokaralari bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqdi

28 nobar kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri  Abdulaziz Kamilov Jeneva shahrida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etgan edi

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish masalasi O‘zbekiston tashqi siyosatining faol yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Bunday bo‘lishiga qator ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy jiddiy sabablar mavjud. Toshkentda oxirgi yil davomida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga bag‘ishlangan bir necha xalqaro anjumanlar bo‘lib o‘tdi. Ulardan eng muhimlaridan biri - noyabr oyida Afg‘oniston tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Afg‘oniston, Pokiston va O‘zbekiston ishtirokida uch tomonlama komissiyaning tuzilishi bo‘ldi. Xalqaro ekspertlar fikriga ko‘ra ushbu komissiya Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishda muhim rol o‘ynashi kerak.

Yangiliklar lentasi
0