TOShKENT, 28 noya – Sputnik, Yelizaveta Isakova. Afg‘oniston hukumati tinchlik muzokaralarining "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqishdi, deb bayonot qildi Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani chorshanba kuni Jenevada o‘tkazilgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro vazirlik anjumanida.
"Butun mamlakatimiz bo‘ylab bir necha oy davomida fuqarolarimiz bilan bo‘lib o‘tgan intensiv maslahatlashuvlardan so‘ng biz tinchlik muzokaralari uchun yo‘l xaritasini shakllantirdik. Biz tinchlik bitimi uchun zarur bo‘lgan tuzilma va mexanizmlarni yaratdik. Biz tinchlik jarayonining yangi sahifasi sari oldinga harakat qilmoqdamiz. Biz "Tolibon" ishtirokida tinchlik bitimini xohlaymiz.
Prezident shu bilan birga, Qobul siyosiy jarayonga Afg‘onistonga ta’sir o‘tkazishga urinayotgan transmilliy jinoyatchilik, terroristik uyushmalar yoki boshqa nodavlat tashkilotlarga aloqador hech qanday qurollangan guruhlarni jalb etishga yo‘l qo‘ymasligini alohida qayd etdi.