Hammasiga qurt-qumusqalar aybdor...

© Sputnik / Eugene LeshkovskyKolleksiya jukov Daugavpilsskogo universiteta.
Kolleksiya jukov Daugavpilsskogo universiteta. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rosselxoznadzor O‘zbekistondan kelayotgan yo‘lovchilarga nima sababdan o‘simlik mahsulotlari olib kirish ta’qiqlanganini tushuntirib berdi.

TOShKENT, 2 noya – Sputnik. So‘nggi vaqtlarda bir necha bor Rossiya aeroportlarida O‘zbekistondan olib kelinayotgan meva-cheva hamda o‘simlik mahsulotlari to‘xtatib qolinayotgani haqida xabar bergan edik.

Yo‘lovchilarga o‘simlik mahsulotlari olib kelish ta’qiqlandi - TIV

Ushbu munosabat bilan Sputnik muxbiri Rosselxoznadzorning Veterinariya va Fitosanitariya nazorati xizmatiga murojaat qilib, vaziyatni izohlab berishni so‘ragan edi. Oradan bir necha kun o‘tib biz quyidagi javobni oldik.

Rosselxoznadzor tomonidan 2012-yilning 16-aprelida O‘zbekistondan kelayotgan yo‘lovchilar bagaji va qo‘l yuklarida karantin ostiga tushuvchi mahsulotlarni olib kelishni ta’qiqlash haqida qaror qabul qilgan edi. Lekin shunga qaramasdan yo‘lovchilar yuklarida doimiy ravishda Rossiyada ta’qiqlangan (karantin ostiga tushuvchi) obyektlarni olib kelishda davom etmoqda.

Ovoshi na Mejdunarodnoy vistavke Uzbekistan na Shelkovom puti - Sputnik O‘zbekiston
Meva-sabzavot eksportida fitosanitar normalari qayta ko‘rib chiqiladi

Xususan, 2014-yilda - 242 marotaba, 2015-yilda -  184 marotaba, 2016-yilda -152 marotaba, 2017-yilda - 190 marotaba, 2018-yilning o‘tgan davri mobaynida - 134 marotaba ana shunday faktlar aniqlangan.

Rossiya va xalqaro fitosanitariya normalariga ko‘ra O‘zbekistondan olib kelingan quruq mevalar, olma, zira, no‘xat, mosh va lo‘viya tarkibida quyidagi zararkunanda hashorotlar aniqlangan: Frankliniella occidentalis Perg., Callosobruchus spp.,  Bemisia tabaci Gen., Grapholitha molesta Busck.,  Cuscuta spp., Acroptilon repens DC., Ambrosia artemisiifolia.

“Yuqoridagi faktlarni hisobga olgan holda, hozircha, O‘zbekistondan kelayotgan yo‘lovchilar yuklarida meva-chevalar va boshqa o‘simlik mahsulotlarini olib kelish ta’qiqini bekor qilishning iloji yo‘q”, - deyilgan xabarda   

Eslatib o‘tamiz, xuddi shunday ta’qiq nafaqat O‘zbekistondan kelayotgan yo‘lovchilarga nisbatan, balkim Tojikiston va Ozarbayjondan kelayotgan yo‘lovchilar uchun ham amal qiladi. Ushbu fitosanitariya talablari YeOII Bojxona komissiyasining 18.06.2010 sanada imzolangan 318-sonli “Yevroosiy iqtisodiy ittifoqida o‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi qarorida tasdiqlangan.

Yangiliklar lentasi
0