TOShKENT, 6 noya — Sputnik. O‘zbekistonda dekabr oyiga qadar fitosanitar normalari qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi qarorida aytib o‘tilgan.
“2017 yilning 1-dekabriga qadar sanitar normalar, fitosanitar talablar bo‘yicha mavjud bo‘lgan normativ hujjatlarni xalqaro standartlar va meva-sabzavot importorlari talablariga asosan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilsin”, — deyilgan Tashqi savdo vazirligiga yo‘naltirilgan farmoyish matnida.
Shuningdek, Mirziyoyev Tashqi savdo vazirligiga O‘zbekistonning meva-sabzavot eksporti bo‘yicha mavjud xalqaro shartnomalariga bir oy ichida kerakli o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritish haqida taklif tayyorlashni topshirdi.
Undan tashqari, prezident taaluqli vazirlik va muassasalarga noyabr oyining o‘rtasiga qadar mavjud bo‘lgan import bojxona soliqlari, aksizlar va sanitar normalarini meva-sabzavot mahsulotlarini xorijiy mamlakat hududlarida saqlash, transportirovka qilish va sotish nuqtayi nazaridan tanqidiy qayta ko‘rib chiqishni topshirdi.
Biroz oldin Rossiya qishloq xo‘jalik vaziri Sergey Levin 2017-yilning iyul oyidan Rossiya va O‘zbekiston orasida sinov tartibida “Bojxona yashil yo‘lagi” amal qilayotganini xabar qilgan edi. 2017-yil oxiriga qadar u to‘laqonli ishga tushishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya fitosanitariya nazorati bo‘yicha “yashil yo‘lak” tashkil qilishni yakunlamoqda. Xususan, ikki mamlakat mutaxassislari “Argus FIto”nomli yagona elektron tizimda ishlay boshladi.
Shu o‘rinda aytish joizki, Rosselxoznadzor, O‘zbekistondan olib kelingan mahsulotlar orasida tez-tez upakovka, kelib chiqish mamlakati, eksporter yoki reeksporter haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan mahsulotlar aniqlanayotgani haqida xabar berib turadi.
"O‘zagroeksport" xabariga ko‘ra, O‘zbekiston 2017-yilda Rossiyaga mevag‘sabzavot umumiy eksporti hajmini 1,55 baravar oshirishni rejadashtirgan. Mutaxasslar xabariga ko‘ra, O‘zbekiston umumiy eksportining 60% Rossiyaga to‘g‘ri keladi.