Toshkentda Adju universiteti tashkil etildi

© Sputnik / Aleksey Babushkin / Mediabankka o‘tishNa odnoy iz ulis goroda Tashkenta
Na odnoy iz ulis goroda Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020–2021 o‘quv yillarida talabalarga ular Universitetni tamomlaguniga qadar Davlat budjeti hisobidan kontrakt summasining respublikadagi boshqa davlat OTMlarida tegishli ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitish qiymati miqdoridan ortiq qismini to‘lab berish ko‘rinishida davlat ko‘magi taqdim etiladi

TOShKENT, 1 dek - Sputnik. Toshkent shahrida Adju universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi, deb xabar berildi telegrammdagi "Huquqiy axborot" kanalida.

Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
Yangi o‘quv yilidan OTM shartnoma to‘lovlari EKIHda o‘lchanadi

Qarorga ko‘ra, quyidagilar universitet faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan etib belgilandi:

mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining istiqbollariga muvofiq qurilish, arxitektura, elektrotexnika, iqtisodiyot sohalarida va boshqa talab yuqori bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;

ta’lim va ilmiy-texnikaviy sohalarda xorijiy mamlakatlar, avvalo, Koreya Respublikasining yetakchi ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash.

Universitetga abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Adju universiteti (Koreya Respublikasi) tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Universitetda o‘qishni tamomlagan bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan Adju universitetining (Koreya Respublikasi) belgilangan namunadagi diplomi beriladi. 

Bundan tashqari, qaror bilan quyidagicha tartib belgilandi: 

2019–2020 va 2020–2021 o‘quv yillarida o‘qishga qabul qilingan talabalar – O‘zbekiston fuqarolari uchun ular Universitetni tamomlaguniga qadar Davlat budjeti hisobidan kontrakt summasining respublikadagi boshqa davlat oliy ta’lim muassasalarida tegishli ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitish qiymati miqdoridan ortiq qismini to‘lab berish ko‘rinishida davlat ko‘magi taqdim etiladi, kontrakt yuridik shaxslar – salohiyatli ish beruvchilar tomonidan to‘lanishi hollari bundan mustasno; 

Inostrannie studenti - Sputnik O‘zbekiston
AQShda O‘zbekistonlik talabalar soni oshmoqda

davlat ko‘magi taqdim etilgan Universitet bitiruvchilari respublikaning davlat tashkilotlarida ixtisosligi bo‘yicha kamida uch yil ishlab berish sharti bilan ishga taqsimlanadi. 

Qaror bilan Toshkent shahridagi Adju universiteti Vasiylik kengashining tarkibi tasdiqlandi hamda uning asosiy vazifalari belgilandi. 

Universitetda 2019–2020 o‘quv yilida bakalavriatning "Arxitektura", "Elektrotexnika" va "Qurilish injiniringi" ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasida Adju universitetining magistratura mutaxassisliklarida boshqaruv kadrlarini tayyorlash bo‘yicha Iqtisodiyot va biznes oliy maktabi ochiladi.

Universitetga 2020–2021 o‘quv yilidan boshlab ko‘p tarmoqli klinika, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari va diagnostika markaziga ega tibbiyot fakultetini belgilangan tartibda ochishga ruxsat berildi.

Yangiliklar lentasi
0