AQShda O‘zbekistonlik talabalar soni oshmoqda

© Sputnik / Grigoriy SisoyevInostrannie studenti
Inostrannie studenti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh oliygohlarida o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talabalar soni 12,9 %ga oshdi.

TOShKENT, 25 noya – Sputnik. “Open Doors” xalqaro ta’lim tashkiloti xabariga ko‘ra, 2018  yilda AQShda ta’lim olayotgan xorijiy talabalar soni 1 milliondan oshgan (1 094 792), uznews.uz xabariga asosan.

Uzekspotsentr v dni provedeniya pervogo mejregionalnogo uzbeksko-rossiyskogo foruma - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston ta’lim sohasida 100 dan ortiq shartnomalar imzolaydi- MGU rektori

Toshkentdagi amerika elchixonasi xabariga ko‘ra, AQShda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni o‘tgan yilga nisbatan 12,9 %ga oshib – 570 kishini tashkil qilgan. Ularda 50 % bakalavr darajasi uchun qolgan 50 % magistrlik darajasini olish va darajasiz ingliz tilini o‘rganish maqsadida borgan talabalardir.

Xabarda aytilishiga ko‘ra AQSh xorijiy mamlakatdan kelgan talabalar soni bo‘yicha dunyoda birinchilikni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning oktabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston – Rossiya”  ta’lim forumida 80 ta Rossiya oliygohlari rektorlari ishtirok etgan, 100 dan ortiq shartnomalar imzolangan edi.

Rossiyadaga O‘zbekiston elchixonasi xabariga ko‘ra, ayni damda Rossiyada 23 ming nafar o‘zbekistonlik talabalar tahsil olmoqda. O‘zbekistonda esa 4ta Rossiya OTMlari filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Yangiliklar lentasi
0