O‘zbekiston va Belarus AES sohasida hamkorlikni muhokama qildi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishStroyashayasya atomnaya elektrostansiya. Illyustrativnoe foto
Stroyashayasya atomnaya elektrostansiya. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbek delegatsiyasi tashrifi dasturidan atom elektrostansiyasi maydonchasini borib ko‘rish va "Belorusskaya AES" davlat korxonasi rahbariyati bilan tanishuv ham o‘rin olgan.

TOShKENT, 30 noya - Sputnik. "O‘zatom" agentligi Bosh direktori Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi delegatsiyasi atom energetikasi sohasidagi tajribasi bilan tanishish maqsadida Belarus Respublikasida tashrif uyushtirdi, deb xabar qildi "O‘zatom" agentligi matbuot xizmati.

Start proyektu stroitelstva pervoy AES v Respublike Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda AES qurilish ishlari 2020-yilda boshlanishi mumkin

Tashrif davomida 29-noyabr kuni Belarus Energetika vazirligida delegatsiya a’zolarining vazir o‘rinbosari Mixail Mixaduk bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Belarus Respublikasining atom elektrostansiyasini qurish sohasidagi tajriabasiga oid qator masalalar muhokama qilindi.

Belorus tomoni "O‘zatom" agentligi va "Enter Engineering Pte Ltd." pudratchi tashkilot vakillarini stansiyani qurish, milliy yadroviy energetik dasturni ilmiy asoslash, qurilishda tizim tarkibiga kiruvchi vazirliklar ishtiroki va boshqa masalalar bo‘yicha to‘plangan tajriba bilan tanishtirdi.

Uchrashuv doirasida Belarus Energetika vazirligi bilan O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi o‘rtasida O‘zaro anglashuv memorandumining imzolangan nuxsalari almashildi.

Safar davomida O‘zbekiston delegatsiyasining "Belnipienergoprom" RUP rahbariyati bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Unda Belarus AES qurilishiga investitsiya kiritish bo‘yicha asoslashni tayyorlash, atom elektrostansiyasini qurishga mo‘ljallangan raqobat maydonchalarni baholash va ustuvor maydonchani, shuningdek AES ning atrof-muhitga ta’sirini baholash bo‘yicha materiallarni tanlash bo‘yicha tajriba o‘rganib chiqildi.

Shunindek tashrif dasturidan atom elektrostansiyasi maydonchasini borib ko‘rish va «Belorusskaya AES» davlat korxonasi rahbariyati bilan tanishuv ham o‘rin olgan.

Yangiliklar lentasi
0