O‘zbekistonda AES qurilish ishlari 2020-yilda boshlanishi mumkin

Start proyektu stroitelstva pervoy AES v Respublike Uzbekistan
Start proyektu stroitelstva pervoy AES v Respublike Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirgi vaqtda 5 ta maydon – Jizzax va Navoiy viloyati chegaradagi hududlarda tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. O‘zbekistonda birinchi atom  elektrostansiyasi qurilish ishlari 2020-yilda boshlanishi mumkin. Bu haqda “O‘zatom” agentligi bosh direktori Jo‘rabek Mirzamaxmudov ma’lum qildi.

Proyekt AES v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi birinchi atom elektr stansiyasi surati

Sentabr boshida Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari rahbarlari Dmitriy Medvedev va Abdulla Aripov respublika hududida AES qurilishi bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim imzolashdi.

“Rosatom” VVER-1200 reaktorli qurilma “3+” avlodiga tegishli ikkita energoblokdan iborat bo‘lgan majmua barpo qilishni rejalashtirilmoqda.  Bitim oktabr oyida kuchga kirdi.

“2020 yilda birinchi beton quyishni rejalashtirmoqdamiz”, - dedi Mirzamaxmudov “Pravda Vostoka” gazetasiga bergan intervyuda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda 5 ta maydon – Jizzax va Navoiy viloyati chegaradagi hududlarda tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

“O‘zatom” rahbari har bir maydonda meteostansiyalar o‘rnatiladi. Geologik tadqiqotlar o‘tkazilib, turpoqning zichligi, yer osti suvlari darajasi tekshirib chiqiladi.

“Bir maydon tanlangandan so‘ng, jamoat fikri o‘rganish maqsadida fuqarolar, jamoatchilik, MAGATE fikri o‘rganiladi. Shundan so‘ng, AES qurilishi va eksluatatsiya bo‘yicha maydonga litsenziya olish uchun xulosa tayyorlanadi”, - deb qo‘shimcha qildi Mirzamaxmudov.

Atomnaya elektrostansiya - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Hindistonda yangi atom elektr stansiyasini qurishni rejalashtirmoqda

Loyihaning qiymati 11 milliard dollar atrofida, birinchi energoblok 2028-yilda ishga tushirilishi kerak, degan edi Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18-19 oktabr kunlari O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida, respublikada birinchi AES qurilishida eng yuqori xavfsizlik standartlari va qat’iy ekologik talablarga rioya qilinishini ma’lum qilgandi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oktabr boshida AES qurilishi inqilobiy qaror ekanligi va uni amalga oshirish uchun 8-10 yil muddat zarurligini ta’kidlab o‘tgandi.  Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, AES bugungi kunda ishlab chiqaruvchi quvvatlarining 20 %ni ishlab chiqaradi.

Yangiliklar lentasi
0