Mirziyoyev taklif etgan nomzod xalq deputatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaXokim Xorezmskoy oblasti Farxod Ermanov
Xokim  Xorezmskoy oblasti Farxod Ermanov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev yangi hokimga tegishli ko‘rsatmalarni berdi.

TOShKENT, 30 noya - Sputnik. Xorazm viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimi etib tasdiqlandi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Farhod Ermanovni tayinlash to‘g‘risidagi masala Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev vo vremya vneocherednoy sessii Xorezmskogo oblastnogo Kengasha narodnix deputatov - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining sessiyasida ishtirok etmoqda

Ilgari Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, Beruniy tumani hokimi lavozimlarida ishlagan. Keyingi yetti oyda u Xorazm viloyati hokimi vazifalarini bajarishda sinovdan o‘tgan. Xalq deputatlari kengashining partiyalar guruhlari bilan o‘tkazilgan maslahatlashuvlarda ham Farhod Ermanov nomzodi qo‘llab-quvvatlangan.

Avvalroq Xorazm viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, viloyat prokurori, ichki ishlar va soliq boshqarmalari boshliqlari vazifalariga ham yangi rahbarlar tayinlangan edi.

Prezident viloyat rahbarlari Xorazm xalqi bilan bir tanu bir jon bo‘lib, bugun belgilab berilgan vazifalarni to‘la bajarishi, iqtisodiyotni rivojlantirish va odamlar hayotini yaxshilash bo‘yicha kutilgan natijalarga erishishi zarurligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0