Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining sessiyasida ishtirok etmoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vo vremya vneocherednoy sessii Xorezmskogo oblastnogo Kengasha narodnix deputatov
Shavkat Mirziyoyev vo vremya vneocherednoy sessii Xorezmskogo oblastnogo Kengasha narodnix deputatov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sessiya kun tartibiga Xorazm viloyatiga hokim tayinlash masalasi kiritilgan.

TOShKENT, 30 noya – Sputnik. Urganch shahrida Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining sessiyasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Davlati rahbari Xorazm viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish, aholining ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilayotganini qayd etdi. 

Joriy yilda viloyatda 312 ta investitsiya loyihasi bajarilib, yangi korxonalar ishga tushirilgan. Yil yakuni bo‘yicha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 16 foiz, eksport 22 foiz o‘sishi kutilmoqda. 

Shavkat Mirziyoyev dlya oznakomleniya s sotsialno-ekonomicheskimi proyektami otbil v Xorezmskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy holat bilan joyida tanishish maqsadida Xorazmga jo‘nab ketdi

100 ta davlat va xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etilib, bolalarni bog‘chalarga qamrab olish 33 foizga yetgan.

Xorazm uchun muhim bo‘lgan elektr energiyasi va toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha ham muayan ishlar qilindi. 254 kilometr elektr, 456 kilometr suv tarmoqlarida qurilish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.

Shavkat Mirziyoyev o‘tgan davrda yaratilgan ish o‘rinlari yetarli emasligi, viloyatda ishsizlik saqlanib qolayotganini ta’kidladi. Iqtisodiyot tarmoqlarini ko‘paytirish, yangi sanoat korxonalari tashkil etish va mavjudlarini kengaytirish, qishloq xo‘jaligi, turizm va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali bandlik darajasini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Yangiliklar lentasi
0