Toshkentda soxta tadbirkorlar aniqlanib, jinoiy ish qo‘zg‘atildi

© Sputnik / Vladimir AstapkovichRabota s bumagami
Rabota s bumagami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tekshirishda jamiyat mansabdor shaxslari import qilingan tovarlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirmasdan, naqd pulga sotib yuborishgani aniqlandi.

TOShKENT, 30 noya – Sputnik. Toshkentda soxta hujjatlar asosida bojxona to‘lovlarian imtiyozlardan foydalangan tashkilotlar aniqlandi, deb xabar qildi bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Yakkasaroy tumanida ro‘yxatdan o‘tgan MChJ mansabdor shaxslari, jamiyatning ishlab chiqarish sexi mavjud bo‘lmasada, go‘yoki 25 nafar ishchi faoliyat yuritayotgani va 20 dona tikuv dastgohlari mavjudligi haqidagi soxta ma’lumotlar asosida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga a’zo bo‘lib, bojxona organlariga uyushmaga a’zoligi haqidagi hujjatlarni taqdim etish orqali xorijiy davlatdan import qilingan tovarlar bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan 553 mln so‘mlik imtiyoz olishgan.

Dollari SShA izyatie pravooxranitelnimi organami - Sputnik O‘zbekiston
Kontrabandachi ichki kiyimi ichida 30 ming dollarni olib o‘tishga harakat qildi

Tekshirishda jamiyat mansabdor shaxslari import qilingan tovarlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirmasdan, naqd pulga sotib yuborishgani aniqlandi.

Xuddi shu usulda, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga soxta hujjatlar asosida a’zo bo‘lish orqali import qilingan matolarni ishlab chiqarishga sarflamasdan, ichki bozorda naqd pulga sotish bilan shug‘ullanib, 682 mln so‘mlik bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozdan qonunga zid foydalangan Shayxontohur tumanidagi MChJ faoliyati ham fosh etildi.

Yuqoridagi har ikki jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov organlariga yuborildi.

Yangiliklar lentasi
0