Kontrabandachi ichki kiyimi ichida 30 ming dollarni olib o‘tishga harakat qildi

© Sputnik / NewsTeamDollari SShA izyatie pravooxranitelnimi organami
Dollari SShA izyatie pravooxranitelnimi organami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

TOShKENT, 30 noya – Sputnik. “Farg‘ona” chegara bojxona posti orqali qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasiga chiqib ketayotgan fuqaro A.Z. 34 ming AQSh dollari va 510 turk lirasini yashirgan holda qo‘shni davlatga olib chiqib ketmoqchi bo‘lganida to‘xtatib qolindi, deb xabar qildi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Krasniy i zeleniy koridori - Sputnik O‘zbekiston
Sariq, qizil, yashil va ko‘k yo‘lak: bojxona ko‘rigi faqat videokuzatuv ostida amalga oshiriladi

"Xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda uning egnida bo‘lgan ichki kiyimi ichidan bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan, naqd 30 ming AQSh dollari mavjudligi oshkor bo‘ldi", - deyilgan xabarda.

Shuningdek, xuquqbuzarning kiyib olgan kurtkasi o‘ng cho‘ntagida 4 ming AQSh dollari va qo‘l sumkasi ichidagi xamonida 510 turk lirasi borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0