Moskvaliklar boshqa xalqlarga nisbatan yaxshiroq munosabatda bo‘la boshlashdi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishVid na ulitsu Ilinka v Moskve.
Vid na ulitsu Ilinka v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tkazilgan ijtimoiy tadqiqot shu natijani ko‘rsatdi. 75 foizga yaqin so‘rovda ishtirok etganlar millatlararo munosabatni barqaror va osoyishta deb baholashdi.

TOShKENT, 30 noya - Sputnik. Aksariyat moskvaliklar Rossiya poytaxtida yashovchi boshqa millat vakillariga nisbatan yaxshiroq munosabatda bo‘la boshlashdi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti.

Ijtimoiy tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, taxminan 75 foiz so‘rovda ishtirok etganlar millatlararo munosabatni barqaror va osoyishta deb baholashgan.

Pasport RF - Sputnik O‘zbekiston
O‘n besh nafar o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi

Bugungi kunda Moskvada 160 ta millat vakillari yashab kelmoqda. 60 ta mahalliy va 19 ta mintaqaviy madaniy muxtoriyat faoliyat yuritadi. Shuningdek, tarkibi 80 dan ortiq millatlardan iborat Moskva hukumati qoshidagi Millatlar ishi bo‘yicha kengash faoliyat yuritadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 15 nafar o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini olganligi haqida xabar bergandik.

Shu bilan birga, 2019-yil 1-yanvardan Moskvada patent narxi 500 rublga qimmatlashadi, shahar ma’muriyati olingan mablag‘ni Moskvada hammaga yanada qulayroq sharoit yaratish uchun ijtimoiy ehtiyojlarga sarflaydi.

Yangiliklar lentasi
0