O‘n besh nafar o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi

© SputnikPasport RF
Pasport RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya pasportini 77 nafar fuqaro oldi, bir nafar Tojikiston fuqarosi Rossiya fuqaroligidan mahrum etildi.

TOShKENT, 29 noya – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 77 nafar kishiga Rossiya fuqaroligini berish to‘g‘risida qaror imzoladi, deb xabar qildi huquqiy axborot rasmiy internet portali.

Bokser Roy Djons poluchil rossiyskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
Ukrainliklarga Rossiya fuqaroligi olish tartibi osonlashdi

Unga ko‘ra, 15 nafar o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi.

Shuningdek, Rossiya fuqaroligiga 15 nafar Armeniya, 8 nafar Afg‘oniston, 7 nafar Tojikiston va 5 nafardan Moldaviya va Ozarbayjon, 4 nafar Belarus, 3 nafar Qozog‘iston, 2 nafardan Suriya, Ukraina, Buyuk Britaniya va 1 nafardan Qirg‘iziston, Turkiya, Latviya, Vyetnam, Bosniya va Gersegovina fuqarolari kiradi.

 Shu bilan birga, amerikalik Rossiya jurnatisti Tim Kerbiga ham fuqarolik berildi.

Qarorga ko‘ra, Rossiya fuqaroligi Rossiya hududida tug‘ilgan fuqarolar ham oldi.

Qaror bilan 1998-yil prezident qaroriga o‘zgartish kirtilib, yolg‘on ma’lumot va qalbaki hujjatlardan foydalanganligi uchun bir nafar tojikistonlik fuqarodan Rossiya fuqaroligidan mahrum etildi.

Eslatib o‘tamiz, shu yil avgust oyida 16 nafar o‘zbekistonlikka Rossiya fuqaroligi berildi.

Yangiliklar lentasi
0