TOShKENT, 30 noya - Sputnik. 2018 yilda O‘zbekiston IIV rahbari boshchiligida tashkil qilingan komissiya respublika miqyosida ichki ishlar tizimida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi, dedi juma kuni o‘tkazilgan matbuot-anjumanida IIV matbuot-xizmati rahbari general-mayor Qutbiddin Burxonov.
"O‘zbekiston IIV rahbari Po‘lat Bobojonov boshchiligida prezident administratsiyasi va prokuratura xodimlari ishtirokida ishchi guruhi tuzildi va bu ishchi guruhi Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ichki ishlar tizimida amalga oshirilayotgan ishlarni to‘liq o‘rgandi", - dedi Burxonov.
Ta’kidlanishicha, bunda jonini fido qilib ishlagan xodimlar taqdirlanib, o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan, o‘z vazifasini bajarmayotgan xodimlarga, xususan, bosharma boshliqlarigacha egallab turgan lavozimlaridan chetlatish bo‘yicha choralar ko‘rilgan.
Bugungi kunda respublika ichki ishlar organlari oldida turgan eng katta muammo nima, degan savolga Burhonov idora oldida hech qanday katta muammo yo‘q ekanligi, IIVning asosiy vazifasi - kechayu-kunduz O‘zbekistonda xalq tinchligini, jamoat tartibini saqlashdan iboratligini ma’lum qildi.
Burxonov matbuot-anjumani davomida 2018-yilda IIV tizimida faoliyat yurituvchi 58 xodim xizmatda salmoqli muvaffaqiyatlarga erishgani va yuqori natijalar ko‘rsatgani uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlanishgani, 3126 nafar xodimlar esa vazirlik tomonidan rag‘batlantirilgani haqida axborot berdi.