Jahon banki bilan birgalikda ishlab chiqilgan "Islohotlar yo‘l xaritasi" bu nima?

© PixabayGrafik
Grafik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida islohotlarning 5ta muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan "Islohotlar yo‘l xaritasi" muhokama qilindi.

TOShKENT, 29 noya – Sputnik. Toshkentda 29 - noyabr kuni "2019-2021 yillarga mo‘ljallangan tizimli islohotlar asosiy yo‘nalishlarining yo‘l xaritasi" mavzusidagi taqdimot-muzokara ko‘rinishida tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Zdanii Posolstva Uzbekistana v Germanii - Sputnik O‘zbekiston
Germaniya Harakatlar strategiyasi doirasida o‘zaro hamkorlikka tayyorligini bildirdi

Ushbu tadbirda vazirlik va davlat idoralari rahbarlari, yirik kompaniyalar rahbarlari, yetakchi mahalliy mutaxassislar, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya institutlari va konsalting muassasalari vakillari ishtirok etdi.

"2017-2021-yillarga mo‘ljallangan beshta ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlar strategiyasi" tomonidan belgilangan asosiy vazifalarga tayangan holda, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Jahon bankining ishchi guruhi bilan birgalikda, tarkibiy o‘zgarishlar va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishni quyidagi beshta asosiy yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan «islohotlar yo‘l xarita» sini ishlab chiqdi:

1. Makroiqtisodiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash

Tegishli institutlarni mustahkamlash, modernizatsiya qilingan soliq-budjet siyosati va soliq islohotlari natijasida hosil bo‘ladigan makroiqtisodiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash. Xususan, makroiqtisodiy ma’lumotlar yig‘ish va tahlil qilish tizimini va pul-kredit siyosatini takomillashtirish, ichki va tashqi qarzlarni boshqarish, davlat xarajatlarining samaradorligi va hisobdorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

2. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonining tezlashirish 

Raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonining tezlashishi.Yer va

Besh yillik Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi
kapitaldan foydalanish samaradorligini oshirish, moliya bozorlarini isloh qilish masalalari qarab chiqilmoqda. Savdo siyosati va eksportni yanada liberallashtirish, aviatsiya sektorini isloh qilish va AKT sohasini rivojlantirish jahon iqtisodiyotiga birikishni jadallashtirishning kelgusi chora-tadbirlari sifatida ko‘rildi. Xususiy sektor faoliyatidagi cheklovlarni olib tashlash, raqobatbardosh biznes muhitini mustahkamlash, investitsion muhit va monopoliyaga qarshi tartibga solish ishlari davom ettiriladi. Qishloq xo‘jaligini, suv ta’minoti va energiya manbalarini rivojlantirish, shu jumladan qayta tiklanadigan energetika sohasini rivojlantirish strategiyalari individual sanoatlarning ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

3. Fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatishni kuchaytirish

Fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularga xizmat ko‘rsatishni kuchaytirish. Ta’lim va sog‘liqni saqlashni rivojlantirishning milliy strategiyasini, hamda mehnat bozori, pensiya va sud tizimini isloh qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

4. Bozor iqtisodiyotida davlatning rolini kuchaytirish

Kuchli bozor iqtisodiyotida davlatning rolini kuchaytirish. Uni ishlab 

Investitsii v biznes - Sputnik O‘zbekiston
YeIB delegatsiyasi harakatlar dasturini tuzish uchun O‘zbekistonga keladi
chiqarish jarayonining bevosita ishtirokchisidan, davlat-xususiy sektor hamkorligini rivojlantirish, davlat ulushiga ega korxonalarni isloh qilish hamda tovar va xizmatlar narxlarining ikkilamchi tartibini bartaraf etish bilan shug‘ullanuvchi xususiy sektor hamkori ko‘rinishiga almashtirish rejalashtirilmoqda. Davlat boshqaruv tizimini takomillashtirish davlat xizmatlarini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqishga yordam beradi. Jamoatchilik xabardorligini oshirish uchun fuqarolarning zamonaviylashtirish jarayonlarida ishtirokini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘riladi.

5. Atrof-muhitdan foydalanish samaradorligini oshirish

Atrof-muhitdan foydalanish samaradorligini oshirish. Uni himoya qilish uchun "yo‘l xaritasi" ni, suvni tejash dasturini, sug‘orish va melioratsiya tizimini rivojlantirishni rejalashtirilmoqda.

Muhokamada kimlar ishtirok etdi?

Tarkibiy o‘zgarishlar va islohotlarning aniq yo‘nalishlari va faoliyati bo‘yicha taqdimotlar o‘ndan ortiq vazirliklar va davlat qo‘mitalari, Markaziy bank va boshqa idoralarning rahbarlari tomonidan amalga oshirildi. 

"Yo‘l xaritasi" doirasida qabul qilingan qarorlarni har tomonlama iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazish uchun tegishli sohalarda nufuzli xorijiy ekspertlarni jalb qilish rejalashtirilgan. Xususan, taqdimotda quyidagi xorijiy mutaxassislar ishtirok etishdi:

  • Denni Leypsiger - Jorj Vashington universiteti (AQSh) Professori, Jahon bankining sobiq vitse-prezidenti;
  • Klaus Roland - Mercator Institutining (Germaniya) Xitoy tadqiqotlari bo‘yicha mutaxassisi, Jahon bankining Rossiya, Xitoy va Vetnam davlatlaridagi sobiq direktori;
  • Eduardo Bitran - Adolfo Ibanez universiteti professori, Chilining sobiq jamoat ishlari bo‘yicha vaziri;
  • Yung Sugil - SUNY Universiteti professori, Koreya milliy strategiyasi institutining va Koreya Respublikasining «yashil o‘sish» bo‘yicha prezidentlik qo‘mitasi sobiq rahbari.

Mazkur tadbir O‘zbekiston va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga, shuningdek, tarkibiy o‘zgarishlarni va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishga xizmat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0