Qozog‘iston IIV Yulduz Usmonova to‘yda qo‘riqchilar qurshovida kuylashi holati bo‘yicha izoh berdi

© SputnikKonsert Yulduz Usmanovoy v amfiteatre
Konsert Yulduz Usmanovoy v amfiteatre  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIV ma’lumotlariga ko‘ra, to‘yda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida xususiy qo‘riqlash tashkiloti jalb qilingan. Qo‘riqlash tashkiloti tekshiruvdan o‘tkaziladi.

TOShKENT, 23 noya – Sputnik. Qozog‘istonda Yulduz Usmonova qo‘shiq kuylagan vaqtda to‘y tashkilotchilari qo‘riqlash agentligi xodimlarini jalb qilgan. Shuning uchun sahna oldida qurollangan kishilar ko‘p bo‘lgan.

Konsert Yulduz Usmanovoy v amfiteatre  - Sputnik O‘zbekiston
Yulduz Usmonova paxta dalasida bepul qo‘shiq kuyladi

“Turkiston viloyati Sarig‘ash tumanidagi restoranlardan birida artistlar chiqishi vaqtida to‘y marosimi tashkilotchilari tomonidan tartibni ta’minlash maqsadida qo‘riqlash agentligi xodimlarini jalb qildi”, - deb ma’lum qildi Sputnikga Qozog‘iston IIVning rasmiy vakili Almas Sadubayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda qo‘riqlash tashkilotiga nisbatan xodimlar xizmat qurolidan foydalanish tartibi buzilishi holati bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 484-moddasi 1-qismi bo‘yicha bayonnoma tuzildi.

“Shu bilan birga Tadbirkorlik kodeksi doirasida prokuratura organlariga qo‘riqlash tashkilotida qo‘riqlash faoliyatini yuritish sohasidagi qonunchilik talablariga mos kelishini aniqlash maqsadida rejadan tashqari tekshiruv o‘tkazish tashabbusi bilan chiqildi”, - deb qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin internetda Yulduz Usmonova to‘yda avtomatik qurol bilan qurollangan shaxslar qurshovida qo‘shiq kuylagani tasvirga olingan video tarqalgandi.

Internet mushtariylari ushbu to‘yda qozog‘istonlik ijrochi Serikbol Saylaubek ham shu qurollangan kishilar qurshovida qo‘shiq kuylaganini yozishgan.  

Yangiliklar lentasi
0