Ukrainliklarga Rossiya fuqaroligi olish tartibi osonlashdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishBokser Roy Djons poluchil rossiyskiy pasport
Bokser Roy Djons poluchil rossiyskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Deputatlar atyishiga qaraganda, bunga Ukraina har tomondan Rossiyadan "ajralib" olishga harakat qilayotgani bo‘lgan.

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Rossiya Davlat Dumasi yaqinda qabul qilgan qarorga asosan, bundan buyon ukrainaliklar Rossiyada yashashga ruxsatnoma va fuqarolikni osonlashtirilgan tartibda olishlari mumkin.

Deputatlar aytishiga qaraganda bunday choralar, Ukraina hukumati Rossiya fuqaroligini olmoqchi bo‘lgan o‘z fuqarolariga nisbatan turli to‘siqlar qo‘yayotgani sabab bo‘lgan. Xususan, Rossiya tomoniga chegaradan o‘tayotgan fuqarolar nazorat punktida uzoq ushlab qolinayotganini, ularga ko‘plab savollar berilayotganini va ukrainaliklarni Qrim kurortlarida dam olishga chiqarmayotganliklari misol bo‘lishi mumkin.

Odnoklassniki obyedinyayutsya s platejnoy sistemoy UZCARD - Sputnik O‘zbekiston
Ukraina "Odnoklassniki"ga kirishni chekladi

Hujjatda aytilishiga ko‘ra, yangicha tartib faqat "Rus tilida so‘zlashuvchilar" deb topilgan ukrainaliklarga taaluqli xolos. Rossiya fuqaroligini olgan ukrainaliklar Ukrainaga fuqarolikdan chiqqanligi haqida ma’lumotnoma yuborsalar kifoya. Lekin Ukraina hukumati bo‘lsa, bundaylarga fuqarolikdan chiqishga ruxsat bermasdan, ularni Ukraina fuqarolari deb hisoblashda davom etmoqda. Natijada ularda ikki mamlakat fuqaroligi saqlanib qolmoqda.

Shuningdek, yangi qonunda, Rossiya fuqaroligini olayotganlar maxsus qasamod qabul qilishlari kerak bo‘ladi. Ushbu qasamod matni bir guruh deputatlar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uni qabul qilmaganlarga Rossiya fuqaroligi berilmasligi mumkin.

"Men (FIO), Rossiya fuqaroligini o‘z xoxishim bilan va tushungan holda qabul qilar ekanman, Rosssiya Federatsiya Konstitutsiyasiga va qonunchiligiga amal qilishga, uning fuqarolarining erkinlik va huquqlarini saqlashga, davlat va jamiyat faravonligi yo‘lida Rossiya fuqarosi majburiyatlarini bajarishga, Rossiya ozodligini va mustaqilligini himoya qilishga, Rossiyaga sodiq bo‘lishga, uning madaniyatini, tarixini va urf-odatlarini hurmat qilishga qasamod qilaman", — deyilgan qasamod matnida.

Shuningdek, yangi qonunda fuqarolikini olib, keyin terrorchi guruhlar tarkibiga qo‘shilganlar Rossiya fuqaroligidan  mahrum qilinishi mumkinligi aytib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, Duma qabul qilgan qaror kuchga kirishi uchun uni Federatsiya Kengashi va Rossiya prezidenti imzolashi kerak.

Yangiliklar lentasi
0