Askarlar O‘zbekiston tarixi va “Temur tuzuklari” fanidan sinov topshiradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Akademii Voorujennix Sil proxodit rasshirennoe zasedanie Soveta bezopasnosti pri Prezidente Respubliki Uzbekistan
V Akademii Voorujennix Sil proxodit rasshirennoe zasedanie Soveta bezopasnosti pri Prezidente Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilg‘or harbiy qismlarga ulug‘ sarkardalarning nomini berish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi.

TOShKENT, 29 noya - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida yoshlarda harbiy-vatanparvarlik ruhini shakllantirish masalasiga alohida e’tibor qaratdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev posetil Chirchikskiy voyenniy poligon - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev harbiy mashg‘ulotlarni kuzatdi

O‘zbekiston Respublikasi rahbari, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondonining so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning 10-yanvarida Xavfsizlik kengashida qo‘yilgan vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshmoqda. Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, Qurolli Kuchlarni isloh qilish va rivojlantirishga qaratilgan 46 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi.

O‘tgan qisqa vaqtda harbiy qismlarning tuzilmalari to‘liq yangilandi. Samarasiz va vazifalari bo‘yicha bir-birini takrorlaydigan harbiy qismlar qisqartirildi. Natijada qo‘shinlarni saqlab turishga ketadigan xarajatlar kamaydi. Oziq-ovqat bilan ta’minlashda autsorsing tizimi joriy etildi. Bu harbiy bo‘linmalar jangovar tayyorgarligini oshirish, vaqt ko‘rsatkichlarini ikki barobar qisqartirish imkonini berdi.

Prezident raisligidagi yig‘ilishda O‘zbekiston harbiy qudratini yanada mustahkamlash, mudofaa sanoati va harbiy ta’limni rivojlantirish, qurol-aslaha va harbiy texnikalarni modernizatsiya qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali qo‘shinlarni boshqaruv tizimi takomillashtirish masalalari tahlil qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida yoshlarda harbiy-vatanparvarlik ruhini shakllantirish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. 

Perviy den proverki voysk Minoboroni Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev nega qo‘qqisdan harbiy trevoga e’lon qildi?

“Mana, Amir Temur bobomiz bilan hammamiz faxrlanamiz. Lekin, xolisona aytaylik, ulug‘ Sohibqironning “Tuzuklar”ini qancha askar o‘qigan? Yoki buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdining hayoti va harbiy mahorati haqida hamma ham yetarli bilimga egami? Vaholanki, bu ajdodlarimizning g‘alabalari, strategiya va taktikalarini dunyodagi ko‘plab harbiy maktab va akademiyalarda bugun ham o‘rganishadi”, - dedi prezident.

Davlati rahbari askarlar harbiy qasamod qilishdan oldin albatta O‘zbekiston tarixi va “Temur tuzuklari” fanidan sinov topshirishi kerakligini ta’kidladi. Ilg‘or harbiy qismlarga ulug‘ sarkardalarning nomini berish, mohir lashkarboshilar haqida ilmiy tadqiqotlar, badiiy kitoblar, kinolar yaratishga ko‘rsatma berdi. 

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston tinchligi va xavfsizligini ishonchli ta’minlash bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan harbiy ta’lim masalasiga birinchi darajali e’tibor qaratish, maktablardagi harbiy darslarga shu hududda xizmat qilayotgan, yuksak insoniy va kasbiy xususiyatlarga ega jangovar ofitserlarni jalb etish, o‘quvchilarni harbiy qismlarga olib borib, xizmat jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Yangiliklar lentasi
0