Soddalashtirilgan yagona yer solig‘i stavkasi: prezident qarori loyihasi tayyorlandi

© Sputnik / Oleg Makarov / Mediabankka o‘tishYabloki i grozdya vinograda
Yabloki i grozdya vinograda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qaror loyihasida 2019-yil 1-yanvardan boshlab soddalashtirilgan yagona yer solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibini joriy qilinishi nazarda tutilgan.

TOShKENT, 28 noya – Sputnik. “Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori muhokamaga qo‘yildi.

V stolovoy detskogo sada - Sputnik O‘zbekiston
Bog‘chalardagi oshxona ishchilarining maoshi ko‘tarilishi mumkin: hukumat qarori tayyorlandi

Qaror loyihasida Moliya, Iqtisodiyot, Qishloq xo‘jaligi vazirliklari, Davlat soliq qo‘mitasi,  Davergeodezkadastr qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashining meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun soddalashtirilgan yagona yer solig‘i stavkasi joriy etilishi yuzasidan takliflari ma’qullash;

Moliya, Iqtisodiyot vazirlilari, Davlat soliq qo‘mitasi 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari qarori loyihasida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun 2019-yil 1-yanvardan boshlab soddalashtirilgan yagona yer solig‘i stavkasi joriy etish belgilangan.

Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun:

- 2019-yil 1-yanvardan boshlab, soddalashtirilgan yagona yer solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibini joriy qilinishi;

Ovoshi na Mejdunarodnoy vistavke Uzbekistan na Shelkovom puti - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishga doir muhim qarorni imzoladi

- boshqa faoliyat turlari bo‘yicha olgan daromadlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda soliq to‘lash mexanizmlari qo‘llanilishi;

- yer solig‘ini hisobot yilining 1-iyuliga qadar – yillik soliq summasining 40 foizi, hisobot yilining 1-noyabriga qadar – soliq summasining qolgan qismi to‘lanishi nazarda tutilgan.

Har yili 1-mart xolatiga meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari va ularning yer maydonlari to‘g‘risida yagona ro‘yxat shakllantirilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0