TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Rossiyalik harbiy tahlilchi, “Milliy mudofaa” jurnalining bosh muharriri Igor Korotchenkoning O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida bo‘lib o‘tayotgan o‘quv-trevogasi haqida Sputnik muxbiriga o‘z fikrini bildirdi.
Mutaxassis fikriga ko‘ra, harbiy o‘quv manyovrlar o‘tkazilishga, Afg‘oniston hududidagi o‘ta notinch vaziyat hamda IShID jangarilarining Suriyadan qochib Markaziy Osiyo davlatlari chegarasi yaqinida to‘planishi sabab bo‘lmoqda.
- Albatta, bunday vaziyatda qurolli kuchlarning jangovar tayyorgarligini tekshirish hamda favqulodda vaziyatlarda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan hatti-harakatlarni belgilab olish kerak, - deydi ekspert. - Mening fikrimcha, bugungi mavjud iqtisodiy va siyosiy aloqalar doirasida Rossiya ham O‘zbekistonga kerakli harbiy-maslahatlar hamda xavfsizlik sohasida axborot yordami berishga tayyor.
“Shu bilan birga, O‘zbekiston KXShTga a’zoligini qayta tiklaganda, ittifoqchi mamlakatlar imkoniyatlaridan foydalangan holda, mavjud xavflarga qarshi kurashni yanada samaraliroq olib borish mumkin bo‘lar edi”, - deydi Korotchenko.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi tashkilotiga (KXShT) a’zoligini 2012-yilda to‘xtatib qo‘ygan edi. KXShT 1992-yilda Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya va O‘zbekiston ishtirokida Toshkentda tashkil qilingan edi. Shu sababli KXShTning ikkinchi nomi – Toshkent pakti (shartnomasi) deyiladi. Keyinroq tashkilotga Belarus ham qo‘shilgan.