TOSHKENT, 27 noya — Sputnik. “Oʻztelekom” Oʻzbekiston prezidentining internet tarmogʻiga chiqish narxlarini pasaytirish va ulanish tezligini oshirish toʻgʻrisidagi topshiriqlarini bajarish boʻyicha hisobotini taqdim etadi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati xabar qildi. 2020 yilga kelib ulanish tezligi MDH davlatlari darajasigacha koʻtarish maqsad qilib qoʻyilgan.
Oʻtgan 10 oy mobaynida "Oʻzbektelekom" AKda zarur boʻlgan yaxshilanishlar tizimli tahlil qilindi, kerakli qurilmalar sotib olindi, dastur-jadval ishlab chiqilib, tashqi kanal oʻtkazish imkoniyatlarini kengaytirish va operatorlar, provayderlar va oxirgi foydalanuvchilar uchun Internetga chiqish tezligini oshirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
“Anjuman aloqa va axborotlashtirish sohasidagi davlat organlari, tashkilotlari va korxonalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi operatorlari va provayderlari oʻrtasida AKT sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun platforma boʻlib xizmat qiladi, chunki barcha tomonlarning hamkorligisiz innovatsion rivojlanish haqida soʻzlash mumkin emas”, - deyilgan xabarda.
Kompaniya tomonidan telegram-bot ishga tushirildi, bu yerda Kompaniyaga bajargan ishlar haqida har qanday savol berish mumkin. Eng yaxshi savollar mualliflari ushbu tadbirga taklif etiladi.
Avvalroq Speedtest Global Index kompaniyasi internet tezligi boʻyicha mamlakatlar reytingini tuzgandi. Hisobotga koʻra, mobil internet tezligi boʻyicha Oʻzbekiston 110-chi, optik tolali internet tezligi boʻyicha esa 112-chi oʻrinlarni band etgandi. Rossiya esa 80-chi oʻrindan joy olgandi. Reytingning birinchi oʻrindagi qatorlarni Norvegiya, Islandiya va Singapur egallab olgan.