Xonto‘rayev yana pichoqlandi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovBoyes MMA Murod Xanturayev
Boyes MMA Murod Xanturayev  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Osiyo ayig‘i" laqabli Xonto‘rayev son qismidan jarohat olgan, shifokorlarning ta’kidiga ko‘ra, uning sog‘lig‘i xavf ostida emas

TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Aralash yakkakurash sport turi bo‘yicha o‘zbekistonlik jahon chempioni Murod Xonto‘rayev ikki jarohat bilan Toshkent kasalxonalarining biriga olib borilgan. Bu haqda RIA Novosti poytaxt IIBBga tayangan holda xabar bermoqda.

Boyes MMA Murod Xanturayev  - Sputnik O‘zbekiston
"Osiyo ayig‘i" Murod Xonto‘rayevga jazo tayinlandi

Xabarda aytilishicha, sportchi son qismidan ikki marta pichoqlangan, shuningdek, uning ko‘krak qafasi lat yegan.

Xonto‘rayevning ahvoli qoniqarli, uning hayoti xavf ostida emas, deb yozadi nashr.

"Aniqlanishicha, Xonto‘rayev "Toshkent" savdo markaziga taqab qurilgan binoda jarohat olgan", - dedi IIBB vakili.

Hodisa 27-noyabr kuni yuz bergan.

Ayni vaqtda huquq posbonlari hujum qilganlarni qidirmoqda. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, og‘ir vaznda MMA World Ertaymash Federation chempioni Murod Xonto‘rayev joriy yil iyun oyida poytaxtning ko‘ngilochar maskanlaridan birida ommaviy mushtlashuvdan so‘ng ko‘kragidan pichoq jarohatini olgan edi.

Kasalxonada u IIBB vakillari tomonidan qo‘lga olingan, oktabr oyida esa sud sportchini "Bezorilik" moddasi bo‘yicha 2 ming dollarga yaqin summaga jarimaga tortgan edi.

Yangiliklar lentasi
0