"Osiyo ayig‘i" Murod Xonto‘rayevga jazo tayinlandi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovBoyes MMA Murod Xanturayev
Boyes MMA Murod Xanturayev  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sudlanuvchilarga jazo tayinlashda ular istiqomat qiluvchi mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan taqdim etilgan o‘z kafilligiga olish haqidagi xatlari inobatga olindi.

TOShKENT, 15 okt – Sputnik. Joriy yil 12-oktabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida sudlanuvchilar Murod Xonto‘rayev, Doniyor Vahobov  va Ilhomjon Parpiyevga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi, deb xabar qildi UzNews nashri.

Murad Xanturayev - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev qo‘lga olindi

Mazkur jinoiy ish sudya Temur Qosimov raisligida ko‘rib chiqilgan.

Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib, M. Xonto‘rayevni, D. Vahobovni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) 3 qismi “a” bandi, I. Parpiyevni Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) 1 qismi va 277-moddasi (“Bezorilik”) 2 qismi “a”, “b”, “v” bandlarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topdi.

"Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi M. Xonto‘rayevga eng kam oylik ish haqining 94 barobari miqdorida 16 190 560 so‘m (172 240 so‘m hisobida) jarima jazosi, D. Vahobovga 3-yil 8 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi, I. Parpiyevga oylik ish haqidan 20 foiz davlat foydasiga ushlab qolgan xolda 2-yil 1 oy 24 kun muddatga ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinladi", - deyilgan xabarda.

Sudlanuvchilarga jazo tayinlashda ular istiqomat qiluvchi mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan taqdim etilgan o‘z kafilligiga olish haqidagi xatlari inobatga olindi.

Shuningdek, sud tomonidan sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.

Eslatib o‘tamiz, 24-iyun kuni Toshkent shahrida taniqli kurashchi Murod Xonto‘rayevning qo‘lga olinganligi haqida xabarlar tarqalgandi. Xususan, Murod Xonto‘rayev va bir qator shaxslar 20 dan 21-iyunga o‘tar kechasi Yunusobod tumanidagi tungi klublardan birida jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzganlik, tartibsizlik qilgani uchun ushlangan.

Yangiliklar lentasi
0