Juma namozlarida ayollarni e’zozlash haqida gapiriladi - diniy qo‘mita vakili

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMechet Sheyxa Zayniddina (mechet Kukcha) odna iz samix bolshix v Uzbekistane
Mechet Sheyxa Zayniddina (mechet Kukcha) odna iz samix bolshix v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abulxasan so‘zlariga ko‘ra, qo‘mita tomonidan "Ayolni e’zozlagan din" deb nomlangan kitob nashrdan chiqarilgan va bu kitobning taqdimoti barcha diniy ta’lim muassasalarida tashkil qilinadi

TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nuriman Abulxasan Toshkentda o‘tkazilgan doira suhbati davomida respublika miqyosida juma namozlarida ayollarga ehtirom masalasida gapiriladi, deya ta’kidladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Devushka podvergayetsya nasiliyu. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ilk bor "zo‘ravonlikka qarshi 16 kun" aksiyasiga start berildi

“Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasini eng tashvishga soladigan tomon shundan iboratki, biz 15-asrga yaqin Islom dinida to‘xtamasdan ijod qilayotgan, shu bilan birga, dinni butun dunyoga tarannum etuvchi xalq sifatida tanilganmiz. Bugun biz ayollarga nisbatan zo‘ravonlik to‘g‘risida gapirilgan vaqtda, bir muncha uyalib gapirishimiz kerak. Chunki Islom dini din bo‘lib nozil bo‘lganda, ayollarga hurmat shunchalik yuqori, misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarilgan”, - deb ta’kidladi rais o‘rinbosari.

Abulxasan so‘zlariga ko‘ra, qo‘mita tomonidan "Ayolni e’zozlagan din" deb nomlangan kitob nashrdan chiqarilgan va bu kitobning taqdimoti barcha diniy ta’lim muassasalarida tashkil qilinadi.   

“Xalqaro Islom akademiyasida alohida davra suhbatini tashkil qilamiz. Shu kelayotgan juma kuni barcha jo’me masjidlarida ayollarning haqlari nimadan iboratligi, ularga munosabat qanday bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib boramiz. Kelgusida “Ayolni e’zozlagan din” kitobi rus va qoraqalpoq tiliga ham tarjima qilinishi rejalashtirilgan”, - deb qo‘shimcha qildi Nuriman Abulxasan.

Yangiliklar lentasi
0