Rossiya, Turkiya, Fransiya va Germaniya Suriyada tinchlikni saqlab qolishga kelishib olishdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Tursiyu
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Tursiyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
To‘rt mamlakat rahbarlari Idlibda o‘rnatilgan vaqtinchalik tinchlikni imkon qadar uzoqqa cho‘zishga kelishib olishdi.

TOShKENT, 27 okt - Sputnik. Istambulda Rossiya, Turkiya, Fransiya va Germaniya rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan Suriyada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar yakunlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

To‘rt mamlakat vakillari Suriyada siyosiy jarayon faollashganini, konstitutsion qo‘mita ish boshlashi masalalarini muhokama qilishdi. Sammit oldidan Vladimir Putin Toyyip Erdo‘g‘on, Angela Merkel bilan muzokaralar o‘tkazdi va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefonda muloqot qildi.

Rossiya bilan Turkiya 17-sentabrda Suriyaning Idlib viloyatida tinchlik o‘rnatishga kelishib olishgan edi. Bugungi sammitda to‘rt mamlakat rahbarlari o‘rnatilgan ushbu vaqtinchalik tinlikni imkon qadar uzoqqa cho‘zishga kelishib olishdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu sammit to‘rt mamlakat rahbarlari uchrashgan birinchi sammit bo‘ldi. Suriyada tinchlik o‘rnatishga qaratilgan uchrashuv Usmoniylar imperiyasining so‘nggi sultoni Mahmud Vohididdin VI ga tegishli bo‘lgan “Vohididdin” saroyida bo‘lib o‘tdi.

 

Yangiliklar lentasi
0