Dvigatelga tushgan qush: Istanbuldan samolyot uchib keta olmadi

© SputnikBoing 767
Boing 767 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samolyotni tekshirishda motorlarning birida nosozlik aniqlangan.

TOShKENT, 27 noya — Sputnik. “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKga qarashli Boing 767 samolyoti Istanbuldan Toshkentga parvozni o‘z vaqtida amalga oshira olmadi. Bu haqda RIA Novosti aviakompaniya matbuot xizmatiga tayangan holda xabar berdi.

Shassi samoleta - Sputnik O‘zbekiston
Moskva aeroportida samolyot odamni urib yubordi - video

Toshkent-Istanbul yo‘nalishida HY271 reys soat 12:30 daqiqada parvoz qilishi kerak edi, ammo tekshirish chog‘ida motorlarning birida nosozlik aniqlangan.

“Samolyot sinchkovlik bilan tekshirilganda ventilyatorning ikki parragi zarar ko‘rgani aniqlangan. Bu hol o‘z navbatida qushning motorga kirib ketishiga sabab bo‘lgan”, - deyilgan xabarda.

Qush Toshkentdan Istanbulga ertalabki parvoz chog‘ida tushib qolgan bo‘lishi mumkin.

Aviakompaniyada samolyotni ta’mirlash uchun uskuna va zaxira qismlar Istanbulga Toshkentdan kechki reys bilan yuborilgani ma’lum qilindi. Uskunalar yetib kelgach, samolyot qisqa vaqtda yana ishga tushiriladi.

Yo‘lovchilar mehmonxonaga joylashtirildi.

Yangiliklar lentasi
0