TOShKENT, 21 noya – Sputnik. “Sheremetyevo” aeroportida samolyot uchish qo‘nish maydonida odam jasad parchalari topildi, deb xabar qildi yangiliklar federal agentligi.
Hodisa 20-noyabr kuni sodir bo‘ldi. Boeing 737 ko‘tarilayotgan vaqtda odamni urib yubordi.
“Uni samolyot shassi ustinlaridan biri urib yubordi. Fuqaro joyida halok bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.
Keyinchalik Rossiya Tergov qo‘mitasi voqea joyida tasvirga olingan video lavhani namoyish qildi.
Sputnik Armeniya ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lgan kishining shaxsi aniqlandi – u Armeniya fuqarosi ekanligi ma’lum bo‘ldi. U Ispaniyadan Armeniyaga deportatsiya qilingan. Moskvada boshqa samolyotga o‘tayotganda samolyotdan qochib ketadi.
Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.