Saratovdagi YTHda aybdor avtobus haydovchisiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

© Sputnik / Varvara GertyeV bolnitse
V bolnitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Haydovchining yordamchisi sog‘ligi yaxshilib, shifoxonadan chiqarildi.

TOShKENT, 26 noya – Sputnik. Saratov viloyatida temir yo‘l kesishmasidan o‘tish qoidalarini buzishda ayblanayotgan qozog‘istonlik haydovchi reanimatsiya bo‘limidan oddiy palataga o‘tkazildi. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Avtomobili skoroy meditsinskoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Saratov viloyatida yuk poyezdi avtobus bilan to‘qnashdi: besh nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Uning yordamchisi nisbatan kichik darajada jarohat olgan va hozir shifoxonadan chiqarilgan. Qozog‘iston TIV matbuot xizmati rahbari Oybek Smadiyarovning so‘zlariga ko‘ra, haydovchi sog‘lig‘iga hech narsa xavf solmayapti.

Ikkinchi haydovchi esa jiddiy jarohat oldi. Birinchi bir necha kun u reanimatsiya bo‘limida bo‘lgan, hozir esa oddiy palataga o‘tkazildi.

“Unga nisbatan Rossiya politsiyasi jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Ba’zi OAVlarda u hisbga olinganligi haqida ma’lumot aylanmoqda. Bu ma’lumotni rad etmoqchimiz. U hibsga olinmagan, u oddiy palatada, unga nisbatan hali ehtiyot chorasi qabul qilinmadi”, - dedi Smadiyarov.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada, 17-noyabr kuni Saratov viloyatining Ozinsk tumanida tartibga solinmagan temir yo‘l kesishmasida yuk poyezdi va buyurtma avtobusi to‘qnashdi.  Natijada 7 nafar kishidan 5 nafar yo‘lovchilar - O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi va haydovchi va uning yordamchisi – Qozog‘iston fuqarolari og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi.   

Politsiya 61 yoshli avtobus haydovchisiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Unga 7-yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0