TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Bugun, 7-noyabr kuni Saratov viloyati Ozinsk tumanida YTX sodir bo‘ldi.
Tartibga solinmagan temir yo‘l kesishmasida yuk poyezdi “Saratov-Ulyanovsk” yo‘nalishida harakatlanayotgan avtobus bilan to‘qnashdi. Avtobus ichida 7 kishi bo‘lgan.
Avariya oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. RIA Novosti Qozog‘istonning Astraxandagi konsuli Qanat Shekkaliyevga tayangan holda ma’lum qilishicha, barcha halok bo‘lganlar - O‘zbekiston fuqarolari.
Ikki nafar jabrlanganlar, haydovchi va uning yordamchisi Qozog‘iston fuqarolari. Ular shifoxonaga yotqizildi.
Buyurtma avtobusi Saratov-Ulyanovsk yo‘nalishida harakatlanayotgan bo‘lgan.
Hodisa bo‘yicha tekshiruv ishlari boshlandi.