TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Jurnalist Narzullo Oxunjonov O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinmaydi. Bu haqda Amnesty International Ukraine direktori Oksana Pokalchuk Facebookdagi sahifasida ma’lum qildi.
“1951 yil Qochoqlar maqomi to‘g‘risidagi konvensiyaning 33-moddasi, 1993-yil Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi konvensiyaning 19-moddasi talablari asosida, <…> Sizda O‘zbekiston Respublikasidan qochoq maqomingiz bo‘lgani uchun qaror qabul qilindi”- deyilgan Ukraina bosh prokuraturasi javob xatida.
Oxunjonov Ukrainada 2017-yil 20-sentabrda, Turkiyadan Ukraina poytaxti Kiyevga oilasi bilan uchib kelganidan so‘ng hibsga olingan edi. Oxunjonovning hibsga olinishiga uning O‘zbekiston tomonidan xalqaro qidiruvga berilgani asos bo‘lgan. Bunga sabab firibgarlik bo‘yicha ayblov bo‘ldi.
Jurnalist hibsda bir oyga yaqin vaqt bo‘ldi. Hozirgi vaqtda u Ukrainada qochoq maqomini olgan.
Bundan avval Rossiya juda ko‘p miqdorda firibgarlikda ayblangan fuqaroni O‘zbekistonga topshirdi. Ushbu jinoyat uchun eng og‘ir jazo – 15-yilgacha ozodlikdan mahrum etish.