"Rosnano" O‘zbekistonga nanotexnologiyalarni rivojlantirishda yordam beradi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishLogotip kompanii "Rosnano"
Logotip kompanii Rosnano - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Rosnano” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Anatoliy Chubays O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Suxrob Xolmurodov “Rosnano” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Anatoliy Chubays bilan uchrashdi, - deb xabar qilmoqda O‘zbekiston hukumati sayti.

Traditsionnie shelkovie platki iz Ferganskoy dolini - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ipak nanotexnologiyalar yordamida yetishtiriladi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekistonda nanotexnologiyalardan foydalanish sohasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, “Rosnano” bilan hamkorlik masalalari muhokama qilingan va tomonlar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollar borasida fikr almashgan.   

“Rosnano” Rossiyada nanotexnologiyalar sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi tashkilotdir. “Rosnano” elektrotexnika, optoelektronika va telekommunikatsiyalar, sog‘liqni saqlash va biotexnologiya, metallurgiya, mashinasozlik, energetika, qurilish va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, kimyo va neft-kimyo sohalarida yuqori texnologiyali loyihalarni hayotga tadbiq etishga sarmoya kiritish bilan shug‘ullanadi.

Yangiliklar lentasi
0