Rossiya O‘zbekistonga epidemiologik kurash mobil laboratoriyasini sovg‘a qildi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishVserossiyskaya aksiya "Den donorskogo sovershennoletiya"
Vserossiyskaya aksiya Den donorskogo sovershennoletiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mobil labobratoriya bir sutkada 500 dan 3 mingtagacha zaharlangan suv, havo, ovqat va biomateriallar namunalarini tekshirish imkoniyatiga ega.

TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Rossiya Iste’mol nazorati qo‘mitasi rahbari Anna Popova O‘zbekistonga epidemiyaga qarshi mobil laboratoriyalarni topshirdi, deb xabar qilmoqda "Xalq so‘zi".

Provedenie issledovaniya v laboratorii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya AQShning sobiq SSSR davlatlaridagi tibbiy-biologik faolligidan tashvishlanmoqda

Ushbu, Rossiyada ishlab chiqilgan, epidemiyaga qarshi majmualar o‘z imkoniyatlariga ko‘ra dunyoda tengi yo‘q hisoblanadi. Mobil laboratoriya 24 soat ichida dunyoning istalgan nuqtasiga yetkazib berilishi mumkin. Mobil labobratoriya 6ta majmuadan tashkil topgan bo‘lib bir sutka ichida 500 dan 3 mingtagacha xavfli viruslarni, suv, havo va ovqat hamda zaharangan biomateriallar namunalarini tekshirish imkoniyatiga ega. Majmuada 35 kishi ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oxirida Rossiya O‘zbekistonga mobil mikrobilogik laboratoriya sovg‘a qilgan edi. Rospotrebnadzor xabariga ko‘ra oxirgi uch yil ichida Rossiya MDH mamlakatlariga 12ta mobil epidemiologik laboratoriyalar yetkazib bergan. Rossiya shuningdek mobil laboratoriyalarni Gvineya va Mongoliyaga ham yetkazib bergan.

 

Yangiliklar lentasi
0