Sima Samar: O‘zbekiston Afg‘onistondagi vaziyatni o‘zgartirishga qodir

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSima Samar, Predsedatel Nezavisimoy komissii po pravam cheloveka Afganistana
Sima Samar, Predsedatel Nezavisimoy komissii po pravam cheloveka Afganistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston inson huquqlari vakili shuningdek, O‘zbekistondagi inson huquqlari ta’minlanishi borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi

TOShKENT, 24 noya - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekiston Afg‘oniston ichidagi holat rivojiga muayan ijobiy ta’sir ko‘rsata oladi. Xususan, Afg‘onistondagi mojarolarning yechimiga. Shu bois, o‘zaro hamkorligimiz yanada kuchayishi va kengayishi darkor, dedi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Samarqandda o‘tkazilgan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumida Afg‘oniston Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil komissiyasi raisi Sima Samar.

Dilbar Nazariy -Ministr po delam jenshin Afganistana - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonlik ayol-vazir: patriarxal an’analardan voz kechish uchun vaqt kerak

"O‘zbekistonga ilk bor kelishim. Tashrif davomida O‘zbekiston Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazidagi hamkasabalarim bilan uchrashdim va biz bir qator masalalarni muhokama qildik. Bundan tashqari, O‘zbekiston ombudsmeni bilan ham uchrashuv o‘tkazdim”, - dedi o‘zini tanishtirar ekan doktor Samar.

Afg‘oniston inson huquqlari vakili shuningdek, O‘zbekistondagi inson huquqlari ta’minlanishi borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi, biroq O‘zbekiston parij tamoyillariga rioya etishda ma’lum ishlarni amalga oshirishi lozimligini qo‘shimcha qildi.

Doktor Sima Samar 1957-yil Afg‘onistonning G‘azni shahrida tavallud topgan. Qobul universitetining tibbiyot bo‘limini tamomlagan. 1984 yil - Pokistondagi afg‘on qochqinlari gospitalida shifokor bo‘lib ishlagan.

2001 yilda Afg‘oniston ayollar masalalari bo‘yicha vazir lavozimida faoliyat yuritgan.

2002 yildan Afg‘oniston inson huquqlari bo‘yicha mustaqil komissiyasi raisi.

Yangiliklar lentasi
0