Afg‘onistonlik ayol-vazir: patriarxal an’analardan voz kechish uchun vaqt kerak

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDilbar Nazariy -Ministr po delam jenshin Afganistana
Dilbar Nazariy -Ministr po delam jenshin Afganistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonning ayollar masalalari bo‘yicha vaziri Dilbar Nazariy Toshkentdagi anjumanda sharq mamlakatlarida ayollar va erkaklar tengligi masalasiga qanday yechim topish mumkinligi xususida gapirdi

TOShKENT, 7 noya - Sputnik. Erkaklar ayollardan ustun degan stereotiplar hali mavjud bo‘lgan mamlakatlarda patriarxal an’analardan voz kechish uchun vaqt kerak bo‘ladi, dedi jurnalistlarga Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro anjumanda Afg‘onistonning ayollar masalalari bo‘yicha vaziri Dilbar Nazariy.

Sayyora Xodjayeva  - Sputnik O‘zbekiston
Xodjayeva: O‘zbekiston ayollari - bu ulkan kuchdir

Siyosatchi Afg‘onistonda kechayotgan demokratik jarayonlarda ayollar muhim rol o‘ynayotganini, xususan, mamlakatda ayol vazirlar soni 4 nafarni tashkil etishini, Parlament(Sho‘roi milliy)ning quyi palatasi(quyi jirg‘a)da ayollar ishtiroki 32%ni, yuqori jirg‘ada 27%ni, davlat boshqaruvi tizimida 26%ni, harbiy sohada 1%ni tashkil etishini aytib o‘tdi.

Vazirning ta’kidiga ko‘ra, afg‘on ayollari stereotiplarni yengib o‘tib, mamlakatni modernizatsiya qilish yo‘nalishida bormoqda. Patriarxal an’analardan voz kechish uchun esa vaqt talab etiladi.

"Bu uchun ko‘p imkoniyatlar va resurslar kerak bo‘ladi. Xalqga modernizatsiya yo‘lini tanlashga imkon qoldirish kerak. Va biz o‘zbek ayollari bilan hamkorlikni kengaytirishga va o‘zaro tajriba almashishga tayyormiz", - deb qayd etdi Nazariy.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi "International Hotel Tashkent" mehmonxonasida Inson huquqlari Butunjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 70-yilligi munosabati bilan "Mamlakatning demokratik yangilanishi hamda modernizatsiyasida ayollarning roli: O‘zbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot" mavzuyida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Norboyeva siyosat va ayollar, zo‘ravonlikka qarshi qonun hamda o‘zgarayotgan nikoh yoshi haqida

Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan konferensiyada dunyoning 30 ga yaqin davlatidan xalqaro ayollar institutlari vakillari, siyosat, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda faol bo‘lgan ayollar ishtirok etdi. Konferensiya gender tenglik, ayolning davlat boshqaruvidagi roli va imkoniyatlari, ayollar bandligi va tadbirkorligi, ayollarni ijtimoiy himoyasi masalalari muhokama etildi.

Xalqaro miqyosdagi mazkur konferensiyani o‘tkazishdan asosiy maqsad xalqaro hamjamiyatni O‘zbekiston ayollarining jamiyat va davlat boshqaruvidagi davlat siyosatining istiqbolli yo‘nalishlari bilan tanishtirish, ayollarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy yo‘nalishdagi roli borasida xalqaro tajribani o‘rganishdan hamda kelgusida hayotga tadbiq etishdan iborat.

Yangiliklar lentasi
0