O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istonda yuz bergan YTH bo‘yicha ma’lumot berdi

© PixabayZnak avariynoy ostanovki
Znak avariynoy ostanovki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, Qizilo‘rdada YTHga uchragan avtobus yo‘lovchilari yaqin vaqt ichida O‘zbekistonga olib kelinadi.

TOShKENT, 24 noya  — Sputnik. O‘zbekiston TIV Qozog‘istonning Qizilo‘rda oblasti hududida salonida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Skoraya meditsinaskaya pomosh, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda 36 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi

Konsullik-huquqiy departamenti ma’lumotiga ko‘ra, 22-noyabr kuni soat 20:40da Samara-Chimkent yo‘lida “Vanhol” rusumli avtobus bilan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Avtobus haydovchisi, Qozog‘iston fuqarosi S.Boltaboyev muzlamada boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtobus ag‘darilib ketgan. 

Qizilo‘rda oblasti Ichki ishlar departamenti Aralsk rayoni IIB ma’lumot berishicha, avtobusda 36 kishi bo‘lib, shundan 34 nafari O‘zbekiston va ikki nafari Qozog‘iston fuqarolari bo‘lgan.

1986 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Zokir Ro‘zimuratovich Ahrorov olgan jarohatlari sababli Aralsk rayoni shifoxonasida vafot etgan.

O‘zbekiston fuqarolari O.Abdukarimov, I.Ma’murov, A.Samiboyev, N.Asqarov, R.Maxmarizayev, K.Mamadaliyev, R.To‘raboyev yengil darajada tan jarohati olgan va ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. O‘zbekistonning qolgan fuqarolari “Sayaxat” mehmonxonasiga joylashtirilgan.

“O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi va Almati shahridagi Bosh konsulligi jabrlanganlarga zarur yordamni ko‘rsatmoqda. Qolgan barcha O‘zbekiston fuqarolari YTH bo‘yicha rasmiylashtirish ishlari yakunlanganidan so‘ng yaqin vaqt ichida avtobusda O‘zbekiston chegarasiga olib kelinadi”, - deyilgan TIV xabarida.

Yangiliklar lentasi
0