Qozog‘istonda 36 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishSkoraya meditsinaskaya pomosh, arxivnoe foto
Skoraya meditsinaskaya pomosh, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aralsk shahri yaqinidagi Qizilorda viloyati trassasida YTH sodir bo‘ldi. Avtobusda Rossiyadan o‘z vataniga qaytib kelayotgan o‘zbekistonliklar bo‘lgan.

TOShKENT, 23 noya – Sputnik. Kecha kechqurun Qozog‘iston trassasida avtobus 36 nafar yo‘lovchi bilan ag‘darilib ketdi. Avtobus Nijniy Novgorod shahridan kelayotgan bo‘lgan.

Sputnik Qozog‘iston xabar berishicha, 36 kishidan 2 tasi Qozog‘iston fuqarolari, qolganlari esa Rossiyadan vataniga qaytib kelayotgan o‘zbekistonliklar bo‘lgan.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi YTHdan keyin Aralsk kasalxonasiga 3 nafar yo‘lovchi olib kelingani ma’lum qildi. Keyinchalik ulardan biri jarohati tufayli vafot etdi. Yana 2 ta O‘zbekiston fuqarosiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, ular bir qancha muddat ular shifokorlar nazorati ostida bo‘lishadi.

Sotrudnik politsii u zdaniya Moskovskogo oblastnogo suda - Sputnik O‘zbekiston
Saratovda YTH sodir etgan avtobus haydovchisi hibsga olindi

Ayni damda avtobusning 17 nafar yo‘lovchisi Chimkent-Samara trassasi yaqinida joylashgan mehmonxonaga joylashtirildi. Bir necha yo‘lovchi esa mustaqil ravishda Novosibirskga qaytishga qaror qildi.

Qozog‘iston yo‘llarida O‘zbekiston fuqarolari bilan muntazam ravishda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib turadi.

Shulardan eng shov-shuvli hodisa - shu yil yanvar oyida Qozog‘iston Aqto‘be viloyati Samara-Chimkent trassasida 57 nafar kishi bo‘lgan avtobus yonib ketgandi. Yong‘in oqibatida 52 o‘zbekistonlik halok bo‘lgandi.

Yangiliklar lentasi
0