Mirziyoyev ikki yil davomida ko‘plab ijobiy ishlarni amalga oshirdi - XMT vakili

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro mehnat tashkiloti vakili Kari Tapiolaning aytishicha, muammo yuzaga keladigan bo‘lsa, odamlarga shikoyat qilish imkonini bergan qayta aloqa tizimi ayniqsa so‘nggi ikki yil davomida katta ish bermoqda

TOShKENT, 24 noya – Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ikki yillik prezidentligi davrida bolalar mehnati va majburiy mehnatga chek qo‘yish bo‘yicha ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirildi, dedi Samarqandda o‘tkazilgan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumida Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyusida Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktorining maxsus maslahatchisi Kari Tapiola.

Sbor xlopka - Sputnik O‘zbekiston
Paxta mavsumi: majburiy mehnatga undash bo‘yicha 410ta murojaat kelib tushdi

Tapiolaning so‘zlariga ko‘ra, bir necha yillar davomida O‘zbekistonda paxta xosilini yig‘ib olish mavsumida bolalar mehnati va majburiy mehnat muammolari mavjud bo‘lgan. Va bu borada Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) vakillari mahalliy hukumat vakillari bilan samarali hamkorlikni amalga oshirgan.

"Forum o‘tkazilishi oldidan Toshkentda joriy yilda paxta xosilini yig‘ib olish natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan doira suhbati bo‘lib o‘tdi. Xalqaro mehnat tashkilotining mustaqil monitoringi O‘zbekistonda bolalar mehnati - endilikda muammo emas, degan xulosani e’lon qildi", - dedi XMT vakili.

Tapiola, shuningdek, mamlakatda majburiy mehnat borasida ham katta ijobiy o‘zgarishlar bo‘layotganini qayd etib o‘tdi.

"Aytishimiz mumkin-ki, Mirziyoyev prezidentligi davrida ikki yil davomida joriy qilib kelingan dasturlar ish bermoqda va biz bugun ularning natijasiga guvoh bo‘lib turibmiz", - deb ta’kidladi suhbatdosh.

Tapiolaning ta’kidiga ko‘ra, har yili 2,5-3 million kishi band bo‘ladigan butun boshli yollanma mehnat tizimini o‘zgartira olish - bu ulkan ish. Va bu tizimni o‘zgartirishda - bandlikning har qanday turi ish shart-sharoitlari erkin xohish istak-asosida belgilanadigan shartnomaga asoslanishiga e’tibor qaratmoq zarur.

Bu esa ko‘proq axborot tarqatish va katta o‘zgarishlar kiritilishini talab etadi.

XMT vakili shu asnoda, O‘zbekiston rahbari tomonidan kiritilgan qayta aloqa tizimiga ijobiy baho berdi.

Sbor xlopka - Sputnik O‘zbekiston
AQSh o‘zbek paxtasini bolalar mehnati yordamida ishlab chiqarilgan tovarlar ro‘yxatidan o‘chirdi

"Muammo yuzaga kelganida odamlarga shikoyat qilish imkonini bergan, o‘ziga xos qayta aloqa tizimi - avvalgidan ko‘ra ancha ko‘proq ish berayotganini ko‘rmoqdamiz. Biz besh yil davomida hukumat va fuqarolik jamiyati o‘rtasida konstruktiv muloqot borligiga guvoh bo‘lgan bo‘lsak, so‘nggi ikki yilda bu muloqot yanada samara berayotganiga guvoh bo‘ldik. Ikki yil davomida ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirildi. Va XMT bu hamkorlikdan mamnun va unga hurmat bilan qaraydi", - dedi Tapiola.

Kari Tapiola intervyu yakunida inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi yuqori darajada o‘tkazilganini, u o‘zi uchun ko‘plab yangi ma’lumotlar olganini va bu unga ma’lum bir vaziyatni yanada yaxshiroq tushunishga yordam berganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 22-23 noyabr kunlari Samarqand shahrida Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi o‘tkazildi. Yigirma besh davlat vakillari ishtirok etgan yirik xalqaro anjuman Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70-yilligiga bag‘ishlandi. 

Aziatskiy forum po pravam cheloveka v Samarkande  - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevning Osiyo forumi ishtirokchilariga murojaatnomasi

Osiyo forumining asosiy ish faoliyati inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qit’adagi mavjud mexanizmlarni yanada takomillashtirish va yangilarini ta’sis etish, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga qaratildi.

Xalqaro anjuman ishtirokchilari to‘rtta sessiyada muayan mavzular bo‘yicha muloqot olib bordilar.

Osiyo forumi yakunida Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasini qabul qilindi. Ushbu yakuniy hujjat Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va Barqaror rivojlanish maqsadlarida belgilangan vazifalarni yanada samarali bajarish istiqbollariga bag‘ishlangan.

Yangiliklar lentasi
0