Saratovda YTH sodir etgan avtobus haydovchisi hibsga olindi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSotrudnik politsii u zdaniya Moskovskogo oblastnogo suda
Sotrudnik politsii u zdaniya Moskovskogo oblastnogo suda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saratovdagi YTH aybdori deb gumon qilinayotgan avtobus haydovchisi hibsga olindi.

TOShKENT, 18 noya – Sputnik. Kecha 17-noyabr kuni Saratov viloyatida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan jinoyat ishi ochildi, deb xabar qildi Rossiya IIV maxsus vakili Irina Volk.

“Ozinki temiryo‘l kesishmasida poyezd bilan to‘qnashuv sodir qilgan avtobus haydovchisiga nisbatan Rossiya JKning 264 bandi 5 bo‘limiga muvofiq (Yo‘l harakati   qoidalarini buzish) jinoyat ishi ochildi. Haydovchi hibsga olindi”, - IIV rasmiy deyilgan xabarida.  

Jinoyatchi 7-yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan 61 yoshli avtobus haydovchisi temir yo‘lni kesib o‘tish qoidalarini buzgan.

Posledstviya DTP v Krimu - Sputnik O‘zbekiston
FVV Saratovdagi YTHda qurbon bo‘lgan fuqarolarning ismi shariflarini e’lon qildi

Eslatib o‘tamiz, 17-noyabr kuni Saratov viloyatining Ozinsk tumanida soat 12:00 lar atrofida temir yo‘lni boshqarilmaydigan chorraha orqali kesib o‘tayotgan avtobus va poyezd ishtirokida YTH sodir bo‘lgan edi. Uning oqibatida avtobus ichida bo‘lgan besh nafar O‘zbekiston fuqrolari vafot etgan haydovchi va uning yordamchisi og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0