Markaziy Osiyo ombudsmenlari forumini tashkil qilishni rejalashtirmoqdamiz - Zarif Alizoda

© Foto: Dilshoda RaxmatovaZarif Alizoda
Zarif Alizoda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandda Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forum ishtirokchilari inson huquqlari bo‘yicha majburiyatlarni bajarish sohasida inson huquqlari, ularning o‘zaro bog‘liqligi, yutuq va muammolarini muhokama qilishmoqda.

TOShKENT, 23 noya – Sputnik. Tadbirda nutq so‘zlagan Tojikistonning inson huquqlari bo‘yicha vakili Zarif Alizoda kelajakda Markaziy Osiyo ombudsmenlarining forumi tashkil qilinishi mumkinligini ta’kidladi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.

Ulugbek Muxammadiyev - ombudsmen  - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyo ombudsmenlari umumiy yo‘l xaritasini tayyorlamoqda - Muxammadiyev

Ombudsmen so‘zlariga ko‘ra, bugungi forum barcha Markaziy Osiyo davlatlari, ayniqsa O‘zbekiston va Tojikiston uchun katta ahamiyatga ega, chunki mamlakatlar so‘nggi paytlarda yaqindan hamkorlik qilmoqda, jumladan inson huquqlarini himoya qilish sohasida.

“Tojikistonda bizning o‘zbek birodarlarimiz yashashadi, O‘zbekistonda ko‘p tojiklar hayot kechirishadi. Shuning uchun biz o‘z hamkorligimizni yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Istiqbolda davlatlararo birlashma haqida aytish mumkin bo‘ladi. Biz hozir buni dastlab MO ombudsmenlari forumi deb atadik”, - dedi vakil.

Zarif Alizoda davlatlar hamkorlikni mustahkamlash kerakligi, chunki birlashma kelajakda jahon miqyosidagi umumiy masalalarga O‘zbekiston va Tojikiston kelishilgan holda yondashishiga ko‘mak berishi mumkinligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0