Markaziy Osiyo ombudsmenlari umumiy yo‘l xaritasini tayyorlamoqda - Muxammadiyev

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovUlugbek Muxammadiyev - ombudsmen
Ulugbek Muxammadiyev - ombudsmen  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ulug‘bek Muxammadiyev O‘zbekistonda bolalar huquqlari bo‘yicha ombudsmen joriy qilish borasida ham ish olib borilayotganini bildirib o‘tdi.

TOShKENT, 23 noya – Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili Ulug‘bek Muxammadiyev Markaziy Osiyo davlatlari ombudsmenlari hamkorlik yo‘l xaritasi tayyorlamoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.

Inson huquqlari bo‘yicha vakili so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 1,5 yil davomida Markaziy Osiyo davlatlari ombudsmenlari o‘rtasidagi hamkorlik yanada rivojlandi.

“Markaziy Osiyo bo‘yicha BMT boshqaruv komissari va BMT vakolatxonasi ko‘magida har yili 3-4 marta uchrashuv o‘tkaziladi. Hozirgi vaqtda hamkorlikda yo‘l xaritasini tayyorlamoqdamiz. Bu xaritada Markaziy Osiyo davlat ombudsmenlarini hamkorlikda ish faoliyatini tashkil qilish masalalari belgilanadi. Keyingi yil bu xarita qabul qilinishi kutilmoqda”, - deb qo‘shimcha qildi Muxammadiyev.

Muxammadiyev so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan fuqarorlar murojaatlari bilan ishlashga doimiy e’tibor qaratilishini ma’lum qildi.

“Har yili 9 mingdan ortiq fuqarolar murojaatlari kelgan. Shu murojaatlarda turli masalalar bor. Xususan, mahalliy xokimiyat organlari  murojaatlari oxirigacha ko‘rib chiqilmayapti. Albatta, aynan shunday murojaatlarga e’tibor qaratib, mahalliy xokimiyat va huquq tartibot organlari bilan hamkorlikda ish olib bormoqdamiz”, - dedi mutaxassis.

Ploshad i Dvores Drujbi narodov s gigantskim flagom Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Ekspertlar O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz davlat deb tan olishdi

Muxammadiyev O‘zbekistonda bolalar huquqlari bo‘yicha ombudsmen joriy qilinishi xususida fikr bildirdi.

“O‘zbekistonda ikkita ombudsmen ish faoliyatini olib boradi. Hozirgi vaqtda bolalar huquqlari bo‘yicha ombudsmen joriy etish masalasi qizg‘in muhokama qilinmoqda. Ko‘p xorijiy davlatlarda bunday ombudsmenlar faoliyat yuritadi. O‘ylaymanki, O‘zbekistonda bolalar huquqlari bo‘yicha ombudsmen joriy etiladi”, - deb qo‘shimcha qildi Muxammadiyev.

Eslatib o‘tamiz, Samarqandda Umumjahon Inson huquqlari deklaratsiyasining 70-yilligiga bag‘ishlangan forum bo‘lib o‘tmoqda.

Yangiliklar lentasi
0