O‘zbekiston tibbiyotdagi islohotlar bo‘yicha ko‘p davlatlarga namuna bo‘la oladi - JSST rahbari

© Press-slujba Ministerstva Zdravooxraneniya UzbekistanaMeditsinskie rabotniki
Meditsinskie rabotniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda sog‘liqni saqlash islohotlariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Unda hukumat vakillari, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy buro ekspertlari va jamoat tashkilotlari mutasaddilari ishtirok etishdi.

TOShKENT, 21 noya — Sputnik. JSSTning Yevropa mintaqaviy burosi direktori Jujanna Yakab O‘zbekiston hukumatining tibbiyotni isloh qilishga qaratilgan konsepsiya ishlarini yuqori baholadi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Vrachi-gematologi v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Davlat tibbiyot muassalari xodimlarining maoshi oshirildi

Konferensiyada sog‘liqni saqlashni isloh qilish bo‘yicha 2025-yilgacha mo‘ljallangan 7-yillik rivojlantirish konsepsiyasi mazmun-mohiyati ham muhokama qilingan. Jumladan, sog‘liqni saqlashning boshqarish va moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish, tibbiy sug‘urtani joriy qilish, davlat-xususiy sherikchilik va tibbiy turizmni rivojlantirish, shuningdek, kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va tibbiyot fanini rivojlantirish kabi ustuvor yo‘nalishlarga e’tibor qaratilgan.

Jujanna Yakab so‘zlariga qaraganda, mamlakatga sog‘liq saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘p davlatlarga namuna bo‘la oladi.

“Jumladan, u immunizatsiya yoki vaksinatsiya borasidagi ishlarga qaratilayotgan etibor, hattoki, Yevropaning rivojlangan mamlakatlarida ham amalga oshirilmagani aytib o‘tdi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-noyabr kuni sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, hududlar aholisini sifatli tibbiy xizmat bilan qamrab olish va tibbiyot sohasida olib borilgan islohotlar natijalarini tahlil qilish va istiqboldagi ustuvor vazifalarni belgilashga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazib, O‘zbekistonda 2025-yilgacha sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha konsepsiya loyihasini puxta ishlab chiqish yuzasidan ko‘rsatmalar bergandi.

Yangiliklar lentasi
0